$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Fermer va klasterlarning faoliyati bozor narxlariga moslashtiriladi – Hisob palatasi

10:36 / 08.06.2022

Bugungi kunda jahonda yuz berayotgan voqealar natijasida bozorlarda oziq-ovqat narxlari kun sayin yuqori surʼatlar bilan o‘smoqda. Hozirda xalqaro birjalarda 1 tonna bug‘doy 400 AQSh dollaridan sotilmoqda va yil boshiga nisbatan 30 foizga oshgan.

Shunday sharoitda, narx-navo barqarorligini taʼminlashning yagona to‘g‘ri yo‘li, bu – fermerlar manfaatdorligini taʼminlash va hosildorlikni oshirish orqali bozorda taklifni ko‘paytirishdir. Demak, g‘allachilikda samarali ishlaydigan bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish zamon talabiga aylandi.

Hozirda ushbu sohada xususiy sektor ulushi ortib bormoqda. Xususan, so‘nggi uch yilda mamlakatda 160 dan ortiq yirik xususiy don korxonalari ish boshladi. 2021 yil yakuni bilan, mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarilgan unning 54 foizi xususiy don korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Biroq, bugungi kunda “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tarkibidagi 43 ta don korxonalari yangi bozor sharoitlarida samarali ishlashga tayyor emas. Shu paytgacha kompaniya tarkibidagi don korxonalari fermerlardan tayyor bug‘doyni qabul qilib, uni qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelgan. Natijada, ularning un ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi o‘rtacha 60 foizdan oshmaydi.

Zamonaviy energotejamkor va ixcham uskunalar bilan jihozlanmaganligi sababli Davlat don korxonalarining tegirmon xarajatlari xususiy sektorga nisbatan 20-25 foizga yuqori, rentabelligi esa – 2 barobar kam.

Davlat don korxonalaridagi ayni paytdagi eskicha tizim don yetishtiruvchiga ham, qayta ishlovchi korxonalarga ham manfaat bermayapti. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, bunday korxonalarning ham daromadi, ham raqobatbardoshligi, ham sarmoyaviy jozibadorligi juda past bo‘ladi.

Dunyoda davom etayotgan pandemiya sharoitiga qaramasdan, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan fermer-dehqonlarimiz anchadan buyon kutgan islohotlarning yangi bosqichiga qadam qo‘yilmoqda.

Davlat rahbari boshchiligida joriy yil 11 mayda o‘tkazilgan g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilishda 2022-yil 1-iyundan boshlab, g‘allani davlat tomonidan sotib olish va sotishda bozor narxlari tizimiga o‘tish hamda fermer va klasterlar o‘zlari yetishtirgan g‘allasini birja savdolariga olib chiqishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratish topshirig‘i berildi.

Bu degani – narxni bozorning o‘zi shakllantiradi.

Shuningdek, birja savdolarida bug‘doy sotadigan fermer va g‘allachilik klasterlaridan birja to‘lovlari undirilmasligi belgilab qo‘yildi.

Agar, fermer va klasterlar o‘zi yetishtirgan ortiqcha g‘allani sotish istagi bo‘lsa, davlat va xususiy don korxonalariga shartnoma asosida kelishilgan narxlarda sotadi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar tomonidan zamonaviy, ixcham, energotejamkor un ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish imkoniyati yaratiladi.

Berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Hisob palatasi, Markaziy bank, tijorat banklari va don korxonalari tomonidan “Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi – tijorat banki – don korxonasi – klaster va fermer – birja” zanjiri asosida to‘lovlarning amalga oshirilishi bo‘yicha kunlik nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasida Shtab tashkil etiladi. Shtab kunlik maʼlumotlarni tahlil qilib boradi, vazirlik va idoralarga ko‘rsatmalar yuboradi, yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Ushbu islohotlarning pirovard maqsadi – fermerlar va klasterlarning manfaatdorligini taʼminlash va hosildorlikni oshirishdan iborat.

Fermer birjaga chiqib, o‘zi yetishtirgan g‘allasini mustaqil sotsa, uning daromadi oshadi va o‘z mehnati natijasidan rozi bo‘ladi.

Eng muhimi – respublika aholisiga arzon va sifatli don va don mahsulotlari uzluksiz yetkazib beriladi.


Bu ham qiziq

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzaxda 450 million sömlik oltinni noqonuniy sotmoqçi bölgan ikki kişi uşlandi

Jizzax viloyatida umumiy oğirligi 471 gramm bölgan yarim tayyor quyma oltinni 450 million sömga sotayotgan ikki nafar fuqaro…
15:20 / 10.11.2026
Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Jarima 60 kun içida tölanmasa, avtomobil jarima maydonçasiga joylaştiriladi

Içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovning 5-noyabrdagi buyruği bilan tasdiqlangan yöriqnoma 2027-yil 7-yanvardan kuçga kiradi.
10:11 / 11.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!