$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
24° Kechasi 12°

Fermerlarni so‘kkan Toshloq tuman hokimiga hayfsan berildi

10:04 / 01.10.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo‘raboyevga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan, haqoratli so‘zlar ishlatilgan muloqotning audioyozuvi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi va unga hayfsan berildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

O‘rganish natijalari yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

O‘rganish davomida Toshloq tumani hokimiga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan audioyozuvning haqiqatdan tuman hokimi Abduqahhor Jo‘raboyevga oidligi aniqlandi. Audioyozuvda qayd etilgan muloqotning o‘tgan 2021-yil kuzida paxta yetkazib berish majburiyatlarini bajarmayotgan fermer xo‘jaliklari bilan Abduqahhor Jo‘raboyevning “Expo Kollor Prin Teks” paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari sifatidagi muhokamasi chog‘ida yuz bergani ma’lum bo‘ldi.

Klaster tomonidan paxta mavsumi davomida uchun qilingan turli xarajatlar hamda to‘lovlar hisobiga fermer xo‘jaliklarining katta miqdorda qarzdorligi mavjud bo‘lgani hamda dalada paxta mavjud bo‘lishiga qaramay ba’zi fermerlar uni terib topshirish hisobiga qarzdorlikni so‘ndirishga harakat qilmayotgani Abduqahhor Jo‘raboyevning etikaga mos bo‘lmagan haqoratli iboralardan foydalanishiga sabab bo‘lgani tasdiqlangan.

“Viloyat hokimligi tomonidan zo‘ravonlik, so‘king‘ochlik siyosati eski davrda qolgani, hech kim birovni haqoratlashga, shaxsiyatiga tegishga haqqi yo‘qligi, rahbar har ishni qonun doirasida bajarishi kerakligi lozimligi, bugungi kun hokimi o‘z ishi bilan, so‘zi bilan, xulq-atvori bilan barchaga o‘rnak bo‘lishi shartligi qayd etiladi.

Tarqalgan audioyozuvdagi holat bir yil oldin bo‘lib o‘tgan bo‘lganiga, Abduqahhor Jo‘raboyevning undagi ishtiroki “Expo Kollor Prin Teks” paxta-to‘qimachilik klasteri rahbari sifatida bo‘lishiga qaramay, ayni paytda tuman hokimi bo‘lib turgan rahbarning bunday muomalasi davlat xizmatchisi etikasi va odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzish deb baholandi. Viloyat hokimining tegishli farmoyishi bilan Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Jo‘raboyevga “hayfsan” e’lon qilindi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yil 26-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining viloyatdagi shahar va tumanlar hokimlari ishtirokida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida ham hokimlarga ish faoliyatida muomala madaniyatiga yanada qat’iy rioya qilish, o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmaslik, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik yuzasidan mas’uliyatlari qayta ko‘rsatib o‘tilgani bildiriladi.


O‘zbekiston


														
														Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024

														
														Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 170 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini jo‘natdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq bugun “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali afg‘on xalqiga qariyb…
08:51 / 26.04.2024

														
														Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024

														
														15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024

														
														Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Zoyir Mirzayev telefon ishlatmagan maktabga 300 mln soʻm pul mukofotini topshirdi

Bu haqida viloyat Matbuot xizmati maʼlum qildi.
15:20 / 25.04.2024

														
														O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024

														
														Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva AQShning Yuta shtati delegatsiyasi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva 24-aprel kuni AQSHning Yuta shtati Senati raisi Styuart Adams boshchiligidagi del…
10:21 / 25.04.2024

Bu ham qiziq

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024
Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024
O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgani ma’lum bo‘ldi

Bu 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra.
12:40 / 25.04.2024
Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 26-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning…
08:17 / 26.04.2024
Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

Koronavirus inson organizmida 50 marta mutatsiyaga uchradi va …

2022-yil fevral oyida nafaqaxo‘r COVID-19’ning Omikron shtammini yuqtirib olgan.
15:41 / 26.04.2024
Jahongir Otajonovning muxlislari chellenj boshladi

Jahongir Otajonovning muxlislari chellenj boshladi

Otajonov qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
15:27 / 26.04.2024
Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Kongo Respublikasida maymunchechak epidemiyasi e’lon qilindi

Bu haqda Reuters xabar berdi.
15:01 / 25.04.2024
15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

15-maydan “Afrosiyob” elektropoyezdlari uchun chipta narxlari oshmoqda

Bunda ekonom klass 20 foiz, biznes klass 30 foiz va VIP klass 40 foizga oshmoqda.
20:20 / 25.04.2024
Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Astronavt koinotdagi eng go‘zal va sirli joylardan birini ko‘rsatdi

Nashrda kosmonavt o‘z izdoshlaridan videoda olingan joyni tanishlarini so‘ragan.
17:11 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!