$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Fransiya tomoni chorvachilikni rivojlantirish uchun O‘zbekistonga qarz beradi

13:26 / 19.01.2022

Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish uchun 100 mln yevro ajratadi. Bu haqda joriy yil 13-yanvar kuni imzolangan Prezident qarorida gap boradi.

Qaror matnida aytilishicha, 2021-yil 28-iyunda O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) o‘rtasida imzolangan bitimda “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini moliyalashtirish uchun 100 mln yevro miqdorida qarz ajratish nazarda tutilgan. Loyihani amalga oshirish muddati – 5 yil (2022-2026-yillar).

Loyihaning umumiy qiymati 147,07 mln yevro ekvivalentida bo‘lib, shundan:

– 100 mln yevro – FTAning qarzi;

– 29,96 mln yevro – Loyiha ishtirokchilari (benefisiarlar)ning ulushi;

– 17,1 mln yevro (shu jumladan soliq va bojxona to‘lovlari shaklida mablag‘lar) – O‘zbekiston Respublikasining ulushi.

Belgilanishicha:

– Loyihani amalga oshirish doirasida FTA qarzi hisobidan xarid qilinadigan tovarlarni (ish, xizmatlarni) va maxsus transport vositalarini olib kirishda (sotib olishda) QQS tovarlarni (ish, xizmatlarni) olib kiruvchilar (import qiluvchilar, xizmatlarni sotib oluvchilar) tomonidan to‘lanadi;

– ushbu bojxona boji imtiyozlari natijasida bo‘shagan mablag‘lar hamda tovarlarni olib keluvchilar tomonidan to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi O‘zbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi deb hisoblanadi.

Loyiha dastlab Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida amalga oshiriladi. Loyiha doirasida nazarda tutilgan chora-tadbirlar 50 foizdan ziyod moliyalashtirilgandan so‘ng respublikaning barcha viloyatlarida amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobot yuritilishi uchun mas’ul ijro etuvchi organ Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hisoblanadi.


Bu ham qiziq

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!