$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

"Gaz, svet yo‘qligidan to‘yib ketdik" – Jondorda bir guruh ayol yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

10:35 / 06.12.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Jondor tumanida bir guruh ayol gaz va elektr quvvati yo‘qligi sabab yo‘lni to‘sib qo‘ygani tasvirlangan video tarqaldi. Jondor tuman hokimligi bunga rasman munosabat bildirib, aholining gaz elektr ta’minoti bo‘yicha iddaolari mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qildi.

"Joriy yilning 4-dekabr kuni Jondor tuman “Romish” MFY hamda “Oqtepa” MFYlar hududida istiqomat qiluvchi aholi “Oqtepa” MFY hududidan o‘tuvchi Gazli-Kogon yo‘nalishi bo‘yicha yangidan qurilayotgan yuqori bosimli magistral gaz quvuri qurilish ishlari olib borilayotganligi tufayli, ushbu qurilayotgan magistral gaz quvuridan tabiiy gaz ulab berilishini talab qilib mazkur hududdan o‘tuvchi yo‘l yoqasiga yig‘ilishgan" – deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Jondor tuman “Romish” MFY hududida joylashgan 660 ta hamda “Oqtepa” MFY hududida joylashgan 653 ta aholi xonadonlarini kafolatlangan yoqilg‘i resurslarlari bilan ta’minlangan, mazkur hududlarda tabiiy gaz ta’minoti tanqisligi kuzatilganligi sababli 2016-yil iyul-sentyabr oylarida hukumatning tegishli  qarorlari va topshiriqlari asosida bosqichma-bosqich suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Shu qatori, joriy yilning 29-noyabr – 3-dekabr kunlari “Jondortumangaz” ta’minoti bo‘limi belgilangan tartibda “Romish” MFY hamda “Oqtepa” MFY iste’molchilariga suyultirilgan gaz yetkazib bergan. Ya’ni, qishloq aholisiga tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan belgilangan tartibda uzluksiz suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

"Jondor tuman elektr ta’minoti korxonasining ma’lumotiga ko‘ra, tumandagi Oqtepa MFY Oqtepa va Urganjilar qishlog‘ida 2017-yil “Obod qishloq” Dasturi bo‘yicha har ikkala qishloqlarda ham qo‘shimcha 3 donadan yangi 63 va 100 kVA quvvatli transformatorlar o‘rnatilib, elektr ta’minoti yaxshilangan. Aholi xonadonlarida elektr ta’minotida hech qanday uzilishlar mavjud emas" – deydi Jondor tuman hokimligi axborot xizmati.

 


Bu ham qiziq

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston turk investorlarini Yangi Toşkentdagi loyihalarda iştirok etişga çaqirdi

Özbekiston Turkiya kompaniyalarini qişloq xöjaligi, infratuzilma va quriliş sohalaridagi qöşma loyihalarga jalb etmoqçi. Bu …
14:19 / 19.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!