$
11973.44 UZS
9.17
₽
144.53 UZS
0.04
€
13282.14 UZS
-41.27
31° Kechasi 18°

Google’ga qanday qilib ishga kirish mumkin?

21:31 / 18.05.2022

Hayotini IT bilan bog‘lagan yoki bog‘lash niyatida bo‘lganlar Google`da ishlashni bir marotaba bo‘lsa ham orzu qilib ko‘rishadi. Aslida buning qiyin joyi yo‘q. Bilim, ko‘nikma va quyidagi bosqichlardan o‘tsangiz bo‘lgani.

1 – bosqich. Google`da rezyumelarga alohida e’tibor qaratiladi. Har yilgi yuzlab murojaatlar orasidan kompaniya ularning bir necha yuztasini saralab oladi. Bunda siz rezyumeingizga e’tiborli bo‘ling. Unda quyidagilar yozilgan bo‘lishi maqsadga muvofiq:

- elektron pochta va aloqa uchun telefon;
- barcha ta’lim olgan muassasalaringiz va qo‘shimcha ta’lim nomlari;
- ish tajribangiz;
- shaxsiy fazilatlar;
- xobbi;
- til bilish darajangiz.

Rezyumeda ish tajribangizni yozish muhim ahamiyat kasb etadi. Rezyumeda nimalarni yozish tavsiya etilmaydi:

- tug‘ilgan sanangiz va shaxsiy ma’lumotlar;
- haydovchilik guvohnomangiz bor yoki yo‘q ekanligi;
- oilaviy holatingiz.

Har ehtimolga qarshi rezyumeni ingliz tilida yozing. Iloji boricha, uning dizayniga e’tibor qarating. Lekin yorqin ranglar, ko‘p suratlar va ma’lumotni o‘qishni qiyinlashtiradigan dizaynlardan foydalanmang. O‘z suratingizning sifatiga ham alohida e’tibor qarating.

2 – bosqich. Bo‘sh ish o‘rnini qidirish.

Bo‘sh ish o‘rnini topishingiz uchun google.com/jobs ga kirishingizning o‘zi kifoya.

3 – bosqich. Rezyumeni yuborish.

Barchasi juda oddiy. O‘zingizga mos kelgan bo‘sh ish o‘rniga elektron manzil orqali rezyumeingizni yuboring va sizga qayta aloqaga chiqishlarini kuting. Agarda sizning ish tajribangiz to‘g‘ri kelsa, siz bilan bog‘lanishadi.

4 – bosqich. Suhbatga tayyorgarlik.

Yuqoridagi 3 bosqichdan o‘tganingizdan so‘ng, kompaniya tomonidan suhbat vaqti va muhokama qilinishi mumkin bo‘lgan mavzular yozilgan xabarni olasiz.

5 – bosqich. Telefondagi suhbat.

Bu suhbat jarayonida sizga oddiy va oson savollar beriladi. Asosiy e’tibor umumiy tushunchalar va kutuvlar haqida bo‘ladi. Bu suhbat davomida 90% savol ish beruvchi tomonidan beriladi.

Birinchi suhbatdan ko‘ngildagidek o‘tishingiz uchun internetdagi ish va soha doirasidagi tushunchalar, ma’lumotlar bilan tanishib borishingiz tavsiya etiladi.

6 – bosqich. Texnik suhbat.

Agarda siz telefon orqali bo‘lgan suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsangiz, kompaniya tomonidan tabrik va keyingi suhbat sanasi ma’lum qilingan elektron xabar olasiz.

Texnik suhbatda nimalar haqida savol berilishi ochiqlanmagan, lekin ba’zi ma’lumot va taxminlarga ko‘ra, sohaga oid savollar va dunyoqarashingiz, mantiqiy fikrlashingizni tekshirish uchun savollar berilishi mumkinligi aytilgan.

7 – bosqich. Jonli suhbat.

6 – bosqichdan ham o‘tsangiz, endi sizni kompaniyaga jonli suhbatga taklif etishadi. Suhbat kompaniya (mahalliy yoki siz ishlashni rejalashtirayotgan) ofisida bo‘lib o‘tadi va kelganingiz uchun sizga haq to‘lanadi.

Suhbat 4-5 nafar Google xodimlari tomonidan olib boriladi.

8 – bosqich. Ish taklifi.

7 – bosqichda siz bilan suhbatlashgan 4-5 xodimning barchasi nomzodingizni munosib deb topsa, kompaniya sizni ishga taklif qiladi. Ish taklifi tafsilotlari, suhbatdagi barcha savollar himoyalanadi va bu haqda tashqaridagilarga ma’lumot tarqatish mumkin emas.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

1. Sizga har bir bosqichga o‘tganingizda xabar yuborayotgan insonga javob xati yoki savollaringizni yuborishingiz mumkin.

2. Sir saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilmang.

3. Ingliz tilini chuqur o‘rganing. Chunki suhbatlarda ham bunga alohida e’tibor qaratiladi va shu tilda faoliyat olib borasiz.

4. Shoshqaloqlik yaramaydi. Rezyume yuborganingizdan to oxirgi bosqichga kelguningizga qadar 1 oy vaqt ketadi.

5. Google`da ishdan bo‘shatilish juda oson. Shu sababdan ham o‘z ustingizda doimo ishlang.

6. Birinchi urinish muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlansa, 6 oydan so‘ng yana shu lavozimga hujjat topshirishingiz mumkin.

Yuqoridagi 8 bosqichdan o‘tganingizdan so‘ng siz dunyoning eng katta kompaniyalaridan birining xodimiga aylanasiz. O‘zingizni sinab ko‘ring. Omad yor bo‘lsin.


Bu ham qiziq

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Qöqondagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi

Farğona viloyatining Qöqon şahridagi mehmonxonada 13 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etildi. Holat yuzasidan ji…
15:14 / 10.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Fidoyi volontyor” kökrak nişoni ta’sis etiladi

“Volontyorlik faoliyatini yanada ommalaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmoni (PF–240-son, 06.1…
17:33 / 10.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada 8 nafar özbekistonlik foydasiga 1,5 mln rubldan ortiq mablağ undirildi

Rossiyada iş haqini ololmagan 8 nafar özbekistonlikning mehnat huquqlari sud orqali himoya qilindi. Natijada ularning foydas…
10:03 / 10.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

11-noyabr kungi ob-havo ma’lumoti

Respublika bo‘ylab havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi.
17:21 / 10.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!