$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Green Card’da ishtirok etmoqchi bo‘lganlarga 10 muhim maslahat

13:23 / 02.10.2023

Green Card 2025 lotoreyasida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 4-oktyabrdan boshlanib, 7-noyabrgacha davom etadi. AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi Diversity Visa dasturida ishtirok etish niyatida bo‘lganlar uchun 10 muhim maslahat bilan tanishib chiqishni tavsiya etdi.

1. dvprogram.state.gov sayti orqali, dastur talablariga javob berish shartlari bilan tanishib chiqing. Dastur talablariga javob bermasangiz, dasturda ishtirok etmang.

2. Faqatgina AQSH hukumatining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan maʼlumotlarga tayaning. DV 2025-yilgi dastur bo‘yicha maʼlumotni taqdim etuvchi yagona rasmiy manba — “gov” bilan yakunlangan veb-saytlar hisoblanadi.

3. dvprogram.state.gov sayti orqali arizangizni topshiring. Bu dasturda ishtirok etishning yagona yo‘lidir. Soxta veb-saytlar yoki firibgarlarga aldanib qolmang.

4. Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish bepul. Arizangizni bepul to‘ldirib berishni taklif etadigan yoki to‘lov orqali dasturda imkoniyatingizni oshirib berishni vaʼda qiladigan shaxslardan ehtiyot bo‘ling.

5. Oxirgi olti oy ichida olingan fotosuratdan foydalaning. Ariza topshirish vaqtida eski fotosuratdan foydalanish, dasturdan chetlashtirilishga sabab bo‘ladi.

6. Bir ishtirokchi faqatgina bir marta ariza topshirishi mumkin. Bir dastur mavsumi davomida, bir martadan ko‘p ariza topshirgan shaxslar dasturdan chetlashtiriladi.

7. Siz bilan birga sayohat yoki immigratsiya qilmaydigan taqdirda ham, arizangizga turmush o‘rtog‘ingiz va 21 yoshdan kichik va turmush qurmagan barcha farzandlaringizni kiritishingiz kerakligini yodda tuting. Dasturda ishtirok etish uchun tanlangan holatingizda ham, arizangizga xato yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumot kiritgan bo‘lsangiz, dasturdan chetlashtirilishingizni inobatga oling.

8. Maxsus tasdiqlov raqamingizni (confirmation number) saqlab qo‘ying. 2024-yilning may oyida dastur bo‘yicha tanlov natijangizni tekshirish uchun sizga ushbu raqam kerak bo‘ladi.

9. Dastur bo‘yicha tanlov 2024-yilning may oyida bo‘lib o‘tadi. Dasturda ishtirok etish uchun tanlab olinganingiz haqida maʼlumotga ega bo‘lishning yagona yo‘li dvprogram.state.gov/ESC sayti orqalidir. Biron-bir xat yoki email orqali kelgan eʼlonlarga aldanib qolmang, bu turdagi xatlar firibgarlik usuli ekanligini yodda tuting.

10. Dasturda tanlab olinganlik, viza uchun suhbatda ishtirok etish yoki viza olish kafolatini bermasligini yodda tuting.


Bu ham qiziq

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!