$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Gʻuzorda quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha tender e'lon qilindi

17:44 / 05.01.2022

Energetika vazirligi Gʻuzor tumanida quvvati 300 MVtgacha bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasining (QFES) qurilishi loyihasi doirasida mustaqil elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar (investorlar – ishlab chiqaruvchilar) uchun tender (talablarga muvofiqlik so‘rovi - RFQ) bosqichi boshlanganligini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, ushbu loyiha O‘zbekiston hukumati tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) ko‘magida amalga oshirilayotgan umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan QFESlarni qurish dasturi doirasidagi ikkinchi loyiha hisoblanadi.

Dastur Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Mazkur dastur qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va 2030-yilga qadar O‘zbekistonda elektr energiyasiga o‘sib borayotgan talabni qondirish uchun 7 GVtgacha quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha strategiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biridir.

Tanlov g‘olibi tomonidan Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida 300 MVtgacha quvvatga ega QFESni loyihalashtirish, moliyalashtirish, 25 yil davomida foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirilishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida investor loyiha yer maydoni yonida joylashgan 500 kV kuchlanishli Gʻuzor podstansiyasigacha elektr uzatish tarmog‘ini ham qurishi kerak bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Ushbu loyiha OTB bilan yuqorida keltirilgan qo‘shma dastur doirasidagi birinchi loyihada – 457 MVt quvvatga ega Sherobod QFESni qurishda qo‘llanilgan ilg‘or xalqaro amaliyotga muvofiq amalga oshiriladi.

Ta’kidlanishicha, loyiha xalqaro miqyosda tan olingan modelli davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida, malakali xususiy investor – ishlab chiquvchini jalb etish va tanlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tender “talablarga muvofiqlik so‘rovi” (RFQ) bosqichida ishtirok etish uchun barcha manfaatdor tomonlar so‘rov hujjatini yuklab olishlari va tenderda ishtirok etishlari mumkin.


Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!