Prezidentning tegishli farmoniga koʻra, 2023-yil 1-iyundan boshlab:
– halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) farzandlari maktabgacha taʼlim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida qoʻshimcha kvotalar boʻyicha taʼlim olishi taʼminlanadi;
– halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) ota-onalariga yiliga ikki marta temir yoʻl va havo yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi;
– halok boʻlgan harbiy xizmatchining (xodimning) oila aʼzolariga:
ushbu halok boʻlgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) xizmatni oʻtagan masʼul vazirlik va idoralarning tibbiyot muassasalarida bepul tibbiy yordam olish huquqi saqlab qolinadi, shuningdek, tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida tibbiy yordamni ustuvor ravishda olish va navbatdan tashqari shifoxonaga yotqizish imkoniyati yaratiladi;
yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bepul tibbiy yordam koʻrsatiladi;
navbatdagi yillik mehnat taʼtilidan qulay vaqtda foydalanish, shuningdek, yiliga ikki haftagacha muddatga ish haqi saqlanmaydigan qoʻshimcha taʼtil olish huquqi beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!