$
12055.90 UZS
44.25
₽
144.16 UZS
0.99
€
13572.53 UZS
109.87
31° Kechasi 18°

"Har bir bilimli yosh - vatan himoyachisi" - Mirziyoyev

20:57 / 15.02.2024

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Marhamat tumanidagi shaxmat maktabi va kutubxonada bo‘ldi.

Yurtimiz oldindan salohiyatli shaxmat maktabiga ega. Bugun ham bolalar o‘rtasida "aql gimnastikasi"ga qiziqish katta. Ularning bu ishtiyoqini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida Marhamat tumanida ham majmua bunyod etildi. Erkin Vohidov nomidagi ushbu maktabda o‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida aql mashqidan saboq oladi. Ularning mahoratni oshirish uchun tajribali murabbiylar jalb qilingan. O‘quv-mashg‘ulot xonalari va musobaqa zali mavjud. Kompyuterlashgan ilg‘or dasturlar yoshlarga manzur bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari bu yerda saboq olayotgan o‘g‘il-qizlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ezgu tilaklar bildirdi. Bu muassasani boshqa shaxmat maktablari bilan bog‘lab, tajriba almashib borish muhimligini ta’kidladi.

Ushbu maktabga tutash Yoshlar kutubxonasi ham qurilgan. U keng va shinam, bir vaqtda 150 dan ortiq kitobxon mutolaa qilishi mumkin. Kutubxona 30 ming nusxadan ziyod adabiyotga ega, qator axborot markazlari tarmog‘iga ulangan. Shular bois yoshlarning sevimli maskaniga, intellektual o‘yinlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari o‘tkaziladigan qaynoq dargohga aylangan.

Prezident shu yerda andijonlik yoshlar bilan muloqot qildi.

- Biz iqtisodiyotimizni rivojlantirib, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish, ish joylarini ko‘paytirishga harakat qilayapmiz. Andijonda ham katta rejalarimiz bor. Bunda avvalo sizlarga tayanamiz. Har bir bilimli yosh - vatan himoyachisi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’lim tizimidagi yangiliklar, yosh avlodga yaratilayotgan sharoitlar, ilmiy-ijtimoiy loyihalar haqida so‘z bordi. Prezident yoshlar bilan yangi tashabbuslar yuzasidan fikrlashdi. Shuningdek, ularning takliflarini qo‘llab-quvvatlab, mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.


Bu ham qiziq

Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Energetika loyihalarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasi investorlar bilan muloqotda O‘zbekiston xalqaro energetika hamkorlig…
15:20 / 16.10.2026
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi energetika quvvati yaratiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi energetika quvvati yaratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda 2030-yilgacha 22 ming megavatt yangi…
14:54 / 16.10.2026
O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin

O‘zbekistonning milliy haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olish imkoniyati muhokama qilindi. Mi…
10:04 / 16.10.2026
Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Qibrayda 7 kg marixuana, pnevmatik qurol va patronlar topildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida muqaddam sudlangan fuqaroning ijaraga olgan yer maydonidagi konteynerlardan 7 kilogram…
09:35 / 19.10.2026
19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

19-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Tarixdagi muhim voqealar
08:51 / 19.10.2026
O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston energetikasining 2050-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda energetika sohasining 2050-yilgacha bo‘lgan Milliy bosh rejasi ilk bor ishlab chiqilib, jamoatchilikka ochiq e…
14:59 / 16.10.2026
Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Data-markazlar uchun elektr ta’minoti infratuzilmasi oldindan rejalashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda yangi elektr stansiyalari bilan bir qatorda e…
15:03 / 16.10.2026
O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

Президент Шавкат Мирзиёев ёқилғи-энергетика соҳасидаги инвесторлар билан мулоқотда:

“Мен бугун сизларни кўпроқ мулоқотга таклиф қиламан. Бир нарсани билишларинг керакки, инвестор билан давлат орасидаги Ўзбеки…
15:13 / 16.10.2026
Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!