$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Har qanday yovuz fitna va harakatlarga oʻz vaqtida va keskin zarba berishga qodirmiz – Shavkat Mirziyoyev

17:57 / 06.07.2022

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilish avvalida davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistondagi vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi.

“Bu yerda sodir boʻlgan noxush voqealar barchamizda tashvish va iztirob uygʻotishi tabiiydir. Nukus shahrida yuz bergan voqealar natijasida, afsuski, bir qancha fuqarolar halok boʻldi va jabr koʻrdi.

Shu munosabat bilan oʻz yaqinlarini yoʻqotgan oilalarga chin yurakdan hamdardlik bildiraman. Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga esa tezroq sogʻayib ketishlarini tilayman.

Mana shunday daqiqalarda tinchlik va inson hayoti naqadar bebaholigini, uni asrab-avaylash naqadar muhim ekanini, bunga barchamiz masʼul ekanimizni yanada chuqur his etamiz.

 

Albatta, bu voqealar bir kunda yoki oʻn kunda tashkil qilingan emas. Bu harakatlarga chetdagi gʻarazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik koʻrilgan.

Ularning asl maqsadi Oʻzbekistonning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish va millatlararo nizo keltirib chiqarishga qaratilgan.

Boʻlib oʻtgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish uchun Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari boshchiligida tergov va surishtiruv guruhi ish olib bormoqda.

Bu jarayonga xolis tomonlarni, yaʼni, jamoatchilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qilish zarur.

Shuning uchun, Bosh prokuror N.Yoʻldoshevga topshiriq – har bir holat chuqur va xolisona oʻrganilsin va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilsin.

Shu oʻrinda, kuch tuzilmalarining harakatlari ham chuqur tahlil qilinsin. Agar ular tomonidan notoʻgʻri kuch ishlatilgan boʻlsa, amaldagi qonunchilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi taʼminlansin.

 

Hozirgi vaqtda Qoraqalpogʻistondagi vaziyat izga tushmoqda. Eng asosiysi, aholining tinchligi va hayotiga hech narsa xavf solayotgani yoʻq.

Iqtisodiyot tarmoqlari ishlamoqda. Odamlar kundalik ishlari va yumushlari bilan band. Dehqonlar oʻz dalasida ishlamoqda, peshona teri bilan yaratgan hosillarini yigʻishtirmoqda.

Bozorlar, doʻkonlar va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizning barcha hududlaridan bu yerga oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berilmoqda.

Davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik vakillari va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari tomonidan hududda barqaror vaziyatni taʼminlash boʻyicha uyushgan va muvofiqlashgan holda ish olib borilmoqda.

 

Yuz bergan voqealarni tahlil qilar ekanmiz, biz bir narsani hech qachon unutmasligimiz kerak: agar oʻz vaqtida qatʼiy chora koʻrilmasa, mehnatkash va bunyodkor xalqimiz oʻn yillar davomida mashaqqat bilan erishgan yutuq va marralar gʻarazli tashqi kuchlarning taʼsiri bilan jiddiy xavf ostida qolishi mumkin ekan.

Agar doimo hushyor va ogoh, qatʼiyatli boʻlib ish koʻrmasak, yurtimiz, xonadonlarimiz tinchligi va osoyishtaligi, farzandlarimiz kelajagi osongina xavf ostida qolishi hech gap emas ekan.

Mana shu haqiqatni, bugungi kunda qanday notinch va murakkab zamonda yashayotganimizni joylardagi barcha rahbarlar yana bir bor har tomonlama chuqur tushunib olishlari lozim.

 

Hozirgi vaqtda dunyoning turli mintaqalarida yangi keskinlik oʻchoqlari paydo boʻlmoqda, millatlar va konfessiyalar oʻrtasida qarama-qarshiliklar kuchaymoqda, radikalizm va ekstremizm xavfi tobora ortib bormoqda.

Mana shunday tahlikali sharoitda biz barqarorlik va xavfsizligimizga ziyon yetkazadigan har qanday tahdid va xatarlarga keskin qarshi turishimiz shart.

Ayni vaqtda shuni eʼtirof etish kerakki, mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan manfaatdor boʻlmagan turli buzgʻunchi tashqi kuchlar ham mavjud.

Ushbu kuchlar tomonidan yurtimizdagi osoyishta vaziyatni izdan chiqarish, fuqarolarimizning ishonchiga kirib, ularni toʻgʻri yoʻldan chalgʻitishga qaratilgan gʻarazli maqsadlar amalga oshirildi va bunday urinishlar bundan keyin ham sodir boʻlishi mumkin.

 

Xalqimizni qatʼiy ishontirib aytmoqchiman: davlatimiz, el-yurtimizga nisbatan dushmanlik kayfiyatida boʻlgan bunday kuchlarning har qanday yovuz fitna va harakatlariga oʻz vaqtida va keskin zarba berishga qodirmiz.

Ishonchim komilki, biz bugungi barcha qiyinchiliklarni albatta munosib ravishda, mardona yengib oʻtamiz.

Chunki xalqimiz azal-azaldan oʻzining donishmandligi, mardligi va matonati, doʻstlik va tinchliksevarlik fazilatlari bilan dunyoda obroʻ-eʼtibor va hurmat qozonib keladi.

Bunday ezgu qadriyatlar bizning qonimizga, ruhimizga yoshlik chogʻimizdan boshlab chuqur singib ketgan. Va hech kim ularni bizdan tortib ololmaydi.

Bugungi kunda butun xalqimiz va jamoatchiligimiz yanada jipslashib, barcha darajadagi rahbarlar hushyorlik va ogohlikni keskin oshirib, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mamlakatimizni jadal rivojlantirish, xalqimizning farovonligini taʼminlash hamda odamlarni rozi qilish borasida belgilab olgan vazifalarimizni amalga oshirish uchun barcha kuch-imkoniyat va resurslarni safarbar etishimiz shart”, – dedi Prezident soʻzining yakunida.


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!