Prezidentning “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, quyidagilar:
– Urganch davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Urganch davlat pedagogika instituti;
– Namangan davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika instituti;
– Guliston davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Guliston davlat pedagogika instituti;
– Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti negizida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;
– Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat pedagogika instituti;
– Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti;
– Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Termiz davlat pedagogika instituti;
– Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
– Chirchiq davlat pedagogika instituti negizida Chirchiq davlat pedagogika universiteti;
– Jizzax davlat pedagogika instituti negizida Jizzax davlat pedagogika universiteti tashkil etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!