$
11971.40 UZS
56.73
151.81 UZS
3.54
13797.04 UZS
61.81
31° Kechasi 18°

“Zo‘ravonlik kattalarning ongli tanlovidir” – Shahnoza Mirziyoyeva

10:02 / 24.07.2025

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ziyon yetkazgan shaxslar uchun jazo choralari yanada kuchaytirilishini aytdi.

“Men ko‘pincha shu savol ustida o‘ylanaman: katta yoshdagi inson qaysi pallada boladagi insoniy qiyofani ko‘rmay qoladi? Qachon g‘azab va bezovtalik zo‘ravonlik uchun bahonaga aylanadi? Bola himoya qilishga “ulg‘ayib yetishi” mumkin emas. Himoya uning haqqi sifatida uning ilk nafasidan boshlab mavjud bo‘lishi shart. Shart-sharoitlarga bog‘liqsiz, mutlaq va kafolatli tarzda”, – deb yozdi u Instagram’dagi sahifasida.

Uning bildirishicha, so‘nggi bir necha oydan buyon Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha izchil ishlar olib bormoqda. Bugungi kunda mazkur mavzu yangi, yanada yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda. Agentlik Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartishlar kiritish tashabbusi bilan chiqdi.

“Maqsad — bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilgan shaxslar jazodan chetda qolmasligi, javobgarlik adolatli va muqarrar bo‘lishi, yengillashtiruvchi holatlarsiz, mumkin bo‘lgan eng og‘ir jazo choralari qo‘llanilishiga erishishdir”, – deydi Shahnoza Mirziyoyeva.

Qayd etishicha, hozirda Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillaridan iborat idoralararo ishchi guruh shakllantirilmoqda. Ushbu guruh quyidagi aniq va amaliy o‘zgarishlar ustida ish boshlab bo‘lgan:

• bolalarga ziyon yetkazgan shaxslar uchun jazo choralarini yanada kuchaytirish;

• shafqatsizlikka yo‘l qo‘yganlar uchun bolalar bilan ishlash huquqini umrbod taqiqlash;

• javobgarlikni tezkor va samarali ta’minlash maqsadida yagona tartibdagi tezkor protokollarni joriy etish.

“Men zo‘ravonlikni “tasodif” deb hisoblamayman. Bu — har doim kattalarning ongli tanlovidir. Demak, buning muqobili sifatida boshqa bir tanlov ham bo‘lishi shart: uni to‘xtatish tanlovi. Oqlash emas. Muammoga ko‘z yummaslik tanlovi”, – dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari.

O‘zbekistonda 38 milliondan ortiq aholining yarmidan ko‘pini bolalar va yoshlar tashkil etadi.

2024-yilda O‘zbekistonda bolalar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq quyidagi holatlar qayd etilgan:

412 nafar bola jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan;

1 028 nafar bola jismoniy zo‘ravonlikka uchragan;

929 nafar bola psixologik bosimni boshidan kechirgan;

14 nafar bola ekspluatatsiya qurboni bo‘lgan;

106 nafar bola kattalarning qat’iy befarq munosabatiga duch kelgan.

2025-yil may oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi va BMTning Bolalar jamg‘armasi — YUNISEF hamkorligidagi davra suhbatida O‘zbekistonning bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha Milliy majburiyati e’lon qilingandi.


O‘zbekiston


														
														Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etadi

Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etadi

“24-noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgan havo ifloslanishini kuchaytiruvchi inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha…
17:14 / 23.11.2025

														
														O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 9 oy davomida 123,5 trln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 9 oy davomida 123,5 trln so‘mga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2025-yil yanvar–sentyabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 123,5 trln so‘m…
16:57 / 23.11.2025

														
														O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish …
16:17 / 23.11.2025

														
														24-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esad…
15:13 / 23.11.2025

														
														O‘zbekistonda nechta xorijiy kompaniya faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda nechta xorijiy kompaniya faoliyat yuritmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari isht…
14:23 / 23.11.2025

														
														Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” ertaga, 24-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
11:32 / 23.11.2025

														
														Bojxonadan 5 kg “klefedron”ni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bojxonadan 5 kg “klefedron”ni olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

O‘zbekistonga yangi turdagi sintetik giyohvandlik vositasi — “klefedron”ni olib kirishga urinish bojxonachilar tomonidan to‘…
10:55 / 23.11.2025

														
														Toshkentda BMW va Tracker-2 to‘qnashdi

Toshkentda BMW va Tracker-2 to‘qnashdi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
10:24 / 23.11.2025

														
														O‘zbekiston “IT park”lar tomonidan 21,9 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

O‘zbekiston “IT park”lar tomonidan 21,9 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida AT parki (IT park) ishtirokchilari t…
17:10 / 22.11.2025

Bu ham qiziq

Gretsiyada O‘zbekistonning yangi elchisi ish boshladi

Gretsiyada O‘zbekistonning yangi elchisi ish boshladi

Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.
14:53 / 22.11.2025
O‘zbekistonda nechta xorijiy kompaniya faoliyat yuritmoqda?

O‘zbekistonda nechta xorijiy kompaniya faoliyat yuritmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari isht…
14:23 / 23.11.2025
Rossiya maktablariga migrant bolalarning 80 foizi qabul qilinmadi

Rossiya maktablariga migrant bolalarning 80 foizi qabul qilinmadi

Rossiyaga kelgan muhojirlar oilalaridagi bolalarning 80 foizi maktabga qabul qilinmadi.
08:43 / 23.11.2025
Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” ertaga, 24-noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
11:32 / 23.11.2025
Kongoda jangarilar tomonidan 89 nafar odam o‘ldirildi

Kongoda jangarilar tomonidan 89 nafar odam o‘ldirildi

Kongo Demokratik Respublikasida “Islomiy davlat”ga aloqador jangarilar mamlakat sharqidagi qator hujumlar chog‘ida 89 nafar …
09:21 / 22.11.2025
Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etadi

Havo ifloslanishi kelasi hafta oxirigacha davom etadi

“24-noyabrdan keyin ortga chekinishi kutilgan havo ifloslanishini kuchaytiruvchi inversiya jarayoni kelgusi hafta oxirigacha…
17:14 / 23.11.2025
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish …
16:17 / 23.11.2025
“Real Madrid” klubi 10 foiz ulushini sotishi mumkin

“Real Madrid” klubi 10 foiz ulushini sotishi mumkin

“Real Madrid” klubi mulkchilik tuzilmasini o‘zgartirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Voz Populi’ning xabar berishicha…
17:05 / 23.11.2025
Bugun “Neftchi” o‘z uyida chempionlikni nishonlashi mumkin

Bugun “Neftchi” o‘z uyida chempionlikni nishonlashi mumkin

Bugun, 22-noyabr Farg‘onada O‘zbekiston Superligasining 29-turi doirasidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Qizilqum” o‘rtasidagi ba…
16:10 / 22.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!