$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Hududlarning Bosh sxema, Bosh reja va master rejalarini ishlab chiqish uchun 200 milliard soʻm ajratiladi

19:31 / 06.07.2022

Shavkat Mirziyoyev arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida qurilish va loyihalash ishlarini tartibga solish boʻyicha yangi tizim joriy qilinishini aytdi.

“Umuman, qurilish bilan boʻlib, arxitektura orqada qolib ketdi. Shu bois, mahalla, tuman (shahar), viloyat va respublika darajasida qurilish va loyihalash ishlarini tartibga solish boʻyicha yangi tizim joriy qilinadi”, – dedi davlatimiz rahbari.

Bosh va master rejalarni ishlab chiqish yangicha yondashuv asosida 3 ta bosqichdan iborat boʻladi.

Birinchi bosqichda Respublika kengashi hududning ixtisoslashuvi, transport-logistika, sanoat va xizmat loyihalarini joylashtirish uchun yer va infratuzilmaga ehtiyoji va chegaralarini belgilaydigan Bosh sxemasini ishlab chiqadi.

Bunda yaqin (5 yillik), oʻrta (10 yillik) va uzoq (20 yillik) muddatlarda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik mezonlar asosida viloyatning rivojlanish koʻrsatkichlari belgilanadi.

Ikkinchi bosqichda bosh sxemalar asosida loyiha ofisi hududning Bosh rejasini ishlab chiqadi. Bunda:

- viloyatning ixtisoslashuviga qarab, sanoat, xizmat koʻrsatish va aholi yashash punkti kabi zonalarga ajratiladi, yoʻllar va infratuzilma tarmoqlarini taqsimlash koʻzda tutiladi.

- hududiy loyihalarni tasdiqlash, obyektlarga qoʻyilgan talablarni belgilashni viloyat bosh arxitektori va hokimning birinchi oʻrinbosari hal qiladi;

Uchinchi bosqichda bosh rejalarga asosan, viloyat, tuman va shahar bosh arxitektorlari va hokimning birinchi oʻrinbosarlari oʻz hududining master rejalarini tasdiqlaydi.

Bunda, ajratilgan zonalardagi maktab, bogʻcha, shifoxona, uy-joylar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining joylashuvi koʻrsatiladi.

Tuman, shahar bosh arxitektori va hokimlarning 1-oʻrinbosarlari hokim yordamchilari va mahalliy tadbirkorlar bilan hududiy loyihalarni ishlab chiqib, yerlarni auksionga chiqaradi.

Loʻnda qilib aytganda, Qurilish vazirligi qaysidir mahallada lotok qayerdan oʻtishi yoki bino qanday yoritilishi kerak, degan masalalar bilan shugʻullanmaydi. Bular tuman va mahalla darajasida hal boʻladi.

Bosh sxema, Bosh reja va master rejalar ishlab chiqish uchun joriy yilda 200 milliard soʻm ajratiladi.

Mutasaddilarga 1-oktyabrga qadar Respublika va Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarining Bosh sxema, Bosh reja va master rejalarini ishlab chiqishga xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb qilish topshirildi.

Shuningdek, ikki oy muddatda:

- master rejalarini ishlab chiqishda, aholi takliflarini jamlaydigan “Mening mahallam” platformasini ishga tushirish;

- barcha tuman va shahar qurilish boʻlimlariga malakali arxitektorlarni rahbar etib tayinlash;

- sohaga xususiy sektorni jalb qilish uchun bosh rejalar loyihasini tayyorlashga qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish vazifasi qoʻyildi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Olti kişini Umraga yuborişni va’da qilib, 6 900 dollar talab qilgan şaxslar uşlandi

Farğona va Andijon viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 900 AQŞ…
10:12 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!