$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni kamaytirildi

08:54 / 24.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.

Unga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:

Hukumatga bo‘ysunadigan ijro organlari soni 61 tadan 28 taga qisqartirilmoqda. Bunda, 20 ta idora to‘liq tugatiladi.

Shuningdek, barcha vazirliklarning shtatlari 30 foizgacha qisqartiriladi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida davlat boshqaruvi idoralari faqat vazirlik, qo‘mita, agentlik va inspeksiyadan iborat bo‘ladi. Bunda, vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lib, tarmoqqa kiruvchi qo‘mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.

Shuningdek, mavjud 25 ta vazirlik o‘rniga 21 ta vazirlik tashkil etiladi. Bular:

– Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
– Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
– Tog‘-kon va geologiya vazirligi;
– Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
– Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
– Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi;
– Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
– Tabiat resurslari vazirligi;
– Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
– Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
– Suv xo‘jaligi vazirligi;
– Raqamli texnologiyalar vazirligi;
– Adliya vazirligi;
– Transport vazirligi;
– Madaniyat va turizm vazirligi;
– Mudofaa vazirligi;
– Energetika vazirligi;
– Sog‘liqni saqlash vazirligi;
– Tashqi ishlar vazirligi;
– Ichki ishlar vazirligi;
– Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Shuningdek, endilikda Hukumatda amaldagi 8 nafar bosh vazir o‘rinbosari va 3 nafar Bosh vazir maslahatchisi lavozimlaridan faqat 4 nafar Bosh vazir o‘rinbosari mavjud bo‘ladi.

Bosh vazir o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida vazir yoki boshqa rahbarlik lavozimini egallamaydi hamda vazirliklar va boshqa davlat idoralari faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarmaydi.

Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida amaldagi 269 ta shtatdan 120 tasi qoldiriladi.

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar bo‘yicha kotibiyatlar, departamentlar va ular huzuridagi bo‘limlar, shuningdek, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash bo‘limi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘limidan iborat Vazirlar Mahkamasi apparati tugatiladi.

Uning o‘rniga Bosh vazir kotibiyati tashkil qilinadi.


Bu ham qiziq

Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Bu haqda mamlakat TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
10:04 / 05.05.2024
Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Rossiyada qidiruvga berildi

Pyotr Poroshenko 2014-yildan 2019-yilgacha Ukraina prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.
09:43 / 05.05.2024
O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston chegaralarini demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi

Navbatdagi uchrashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.
14:23 / 05.05.2024
Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

2017-yili davlatimiz tomonidan Chori baxshi Umirovga “Oʻzbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan.
10:16 / 05.05.2024
5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

“Nogiron – jamiyatning teng huquqli a’zosi” deb nomlangan anjumanlar va xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
14:49 / 05.05.2024
Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
12:41 / 05.05.2024
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar ko‘pligi aniqlandi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar ko‘pligi aniqlandi

2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, ularning soni 14 226 tani tashkil etadi.
14:44 / 04.05.2024
Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024
Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

Endi tish o‘stiradigan preparat orqali ularni o‘stirish mumkin

U kelgusida kariyes tufayli tishlaridan ayrilgan bemorlarga yordam beradi.
15:43 / 05.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!