$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Hurmatli Pavel, birovning kanaliga naglo reklamangizni joylashtiryapsiz” – Allamjonovdan Durovga “murojaat”

15:59 / 20.11.2021

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Telegram messenjerida yaqindan paydo bo‘lgan reklama siyosati borasida o‘z fikri bilan bo‘lishdi. 

Allamjonovga ko‘ra, tahririyat yoki blogerning uzoq qiyinchiliklari evaziga to‘plagan obunachilariga ularning nuqtai nazariga mos kelmaydigan reklamalarni beso‘roq joylashtirish kamida “naglo” (bezbet)lik.

“Siz eshshakdek ishlab kanalni ko‘tarasiz, uning obro‘si uchun xavf-xatarga qaramay yozasiz, sizning kanalingizni hamma o‘qishni boshlaganida Telegram tayyorga ayyor bo‘lib, sizdan so‘ramay o‘z reklamasini sizning kanalingizga qo‘yib, pul ishlaydi. Sizga esa figushki. Yana nimamush, “Reklama ko‘rishni istamaysanmi? To‘la! Reklama sening kanalingda chiqishini xohlamaysanmi? To‘la!” Yaqinda O‘zbekiston Prezidenti kanalida yoki xuquq-tartibot organlari kanalida ham reklama chiqishi g‘alati ko‘rindi. 

Bu reklama sizga yoqadimi, siz olib borayotgan kanal mavzusiga to‘g‘ri keladimi, yo‘qmi — ularga farqi yo‘q. Pul kelsa bo‘ldi. Xohlasa, cho‘chqa go‘shtini, xohlasa, dinimizga zid bo‘lgan reklamalarni sizga tiqishtirsa ham, siz hech narsa qila olmaysiz”, – deya xavotirini bildirmoqda Allamjonov. 

U, shuningdek, Durov taklif qilgan ushbu yangilik rus segmentidagi kanal administratorlari tomonidan yaxshi qabul qilinmaganini yozadi.
Bundan tashqari rasmiy kanallar, jumladan, xavfsizlikka, davlat siyosatchilariga yoki hukumatga aloqador kanallarda kriptovalyutalarning reklamasi chiqayotganiga nisbatan ham e’tirozli munosabat bildirgan.

“Rossiyaning Federal jazoni ijro etish xizmati Telegram kanalida kriptovalyutalarning reklamasi chiqqanini ko‘rdik. Tabiiyki, bu — juda ham g‘alati holat. Bu kabi reklamalar davlat organlari va tashkilotlarining kanallarida, siyosatchilarda hamda hukumat odamlarining kanallarida chiqishi noo‘rin. O‘z navbatida bu ularning obro‘si va mavqeiga jiddiy putur yetkazishi aniq”, – deydi u.

Shuningdek, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Telegram asoschisi Pavel Durovga hazilomuz murojaatini ham yo‘llaydi:

“Hurmatli Pavel, Telegramga hammani obdon o‘rgatib qo‘yib, endi bu yo‘l bilan proyektni monetizasiya qilmasangiz bo‘lardi. Albatta, bizdan so‘rab o‘tirarmidingiz. Undan ko‘ra, katta kompaniyalarga sotib yuborganingiz yaxshi kompaniyani, chem birovning kanaliga naglo o‘zingizni reklamangizni joylagandan ko‘ra. Yoki Youtube'ga o‘xshab bo‘lishing kanal egalari bilan va o‘sha kanalga zid reklamani qo‘ymaslik imkoniyatini ham yarating, deb qoluvchi Komil Allamjonov.”

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Telegram messenjeri tartibiga ko‘ra, tahririyat yoki bloger ruxsatisiz, xohlagan kanaliga reklama qo‘yilishi mumkin.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!