$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“IIVning holatni bu tarzda xaspo‘shlashi absurd va mantiqsiz” – Kusherbayev

13:04 / 13.06.2022

Bugun, 13-iyun soat 9:50 da Andijon shahar “Yangi bozor” savdo majmuasida o‘zini “Ilyos” deb tanishtirgan IIB xodimi tomonidan shakar savdosini suratga olayotgan Human.uz xodimi J.Abdullayevning xizmat telefoni “videoga olish qonunga zid” degan iddao bilan kuch ishlatish yo‘li bilan tortib olingani aytildi. 

Xabarda aytilishicha, jurnalistning urinishlardan so‘ng ham smartfon qaytarib berilmagan. Xodim unga o‘zining kuch ishlatgani va telefonni tortib olgani aks etgan tasvirlarni o‘chirib yuborish  sharti bilan telefonni qaytarishini aytgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV matbuot kotib Sh.G‘iyosov munosabat bildirdi. Uning taʼkidicha, jurnalist odamlarning shakarga navbatini va o‘zaro gap talashayotganliklarini tasvirga olishga uringan va bu vaqtda, fuqarolar tomonidan ularning yuzlarini tasvirga olishiga eʼtiroz bildirilib, huquqlarini poymol qilmasdan tasvirni o‘chirib tashlash talab qilingan.

Jamoat tartibini buzilishini oldini olish maqsadida, bozor hududiga biriktirilgan IIO xodimi tomonidan jurnalistga fuqarolarni roziligisiz ularni tasvirga olmaslik tushuntirilgan.

Hozirda, shakarga navbatda turgan fuqarolar va J.Abdullayev o‘rtasidagi ziddiyatga oydinlik kiritish maqsadida voqea ishtirokchilari IIBga olib borilgan. 

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev esa jurnalist voqea hodisalarni tasvirga olishda umumiy fondagi fuqarolarning har birini yuzini tasvirga tushishiga ulardan ruxsat olishi qonunda yo‘qligini taʼkidlamoqda.

“Kimki istamasa, kameradan yuzini burishi mumkin. Yoki video tarqatilishidan oldin jurnalistdan o‘zining yuzini ko‘rsatmaslikni so‘rashi mumkin. Axborot to‘plab, tarqatish jurnalistning professional faoliyati hisoblanadi. Fuqaroning so‘rovi qoniqtirilmagan taqdirda fuqaro bu bo‘yicha fuqarolik sudiga murojaat qilishga haqli.

Ichki ishlar vazirligi vakilining iib xodimlarining jurnalistdan majburan tasvirga olish uskunasini tortib olgan holatini bu tarzda xaspo‘shlashi absurd va mantiqsiz”, – deb yozadi deputat.

Kusherbayev, shuningdek, vaziyatga bunday uslub bilan yondashish ichki ishlar tizimi obro‘sini oshirmasligini, aksincha, to‘kishini aytib, holatga vazirning shaxsan o‘zining eʼtibor qaratishi zarurligini taʼkidlaydi.


Bu ham qiziq

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!