$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Ijro hokimiyat + qonun chiqaruvchi hokimiyat = viloyat hokimi. Kusherbayev hokimlarni senator boʻlib saylanishini tanqid qildi

12:00 / 25.07.2022

Kuni kecha Qashqadaryoda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtgandi. Unda Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov Oliy Majlis Senati aʼzoligiga saylangandi.

Shundan soʻng, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev oʻzining Telegram kanalida viloyat hokimlarini senator boʻlib saylanishini tanqid qildi.

Oʻzbekistondagi mantiqsiz amaliyotlardan biri viloyat hokimlarining Senat aʼzoligiga saylanishi davom etmoqda.

Kuni kecha Qashqadaryoda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtgan. Va unda Senat aʼzosi saylovi boʻlib oʻtgan.

Oʻta “demokratik” talablar asosida oʻtgan saylovda kutilmaganda viloyat hokimi M.Azimov Senat aʼzoligiga saylanibdi.

Shu negadir bizda barcha viloyat hokimlari doimo senator etib saylanaverishadi, hech bir nomzod ularni yenga olmaydi.

Balki shuncha odamni saylov, deb ovora qilmay kim viloyat hokimi etib tayinlansa unga “avtomatik” ravishda senatorlik nishonini ham topshirgan maʼquldir. Resurs va asab iqtisod boʻlardi. Chunki boshqa nomzodlar qancha chiranmasin bari-bir viloyat hokimini ortda qoldirib, senator boʻla olmaydi. Shu kungacha biz bunaqasini koʻrmaganmiz.

Endi gapni dangaliga oʻtsak. Bilasizmi aslida bu absurd:  ijro hokimiyati vakili bir vaqtni oʻzida qonun chiqaruvchi hokimiyatda ham vakil boʻlmoqda. Va bu hokimiyatlar boʻlinish prinsipiga, demokratik tamoyillarga mos kelarmish.

Endi mana shunday mantiqsiz va kulguli ahvolni bartaraf etish, haqiqiy demokratik talablarga mos amaliyotga oʻtish uchun ham sud va qonun chiqaruvchi (parlament) vakili boshqa hokimiyat vakili boʻla olmaganidek, ijro hokimiyati vakillari, xususan hokimlarning ham qonun chiqaruvchi(Senat) hokimiyat vakili boʻlishi mumkin emasligini Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyishimiz shart.

Shunda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipini demokratik tamoyillarga mos, desa boʻladi. Ungacha senatorlikka saylovlarda doimo hozircha viloyat deputatlarining ham boshligʻi hisoblangan viloyat hokimlari gʻolib boʻlib chiqaveradi.


Bu ham qiziq

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!