$
12620.01 UZS
-42
135.74 UZS
-1.91
13522.34 UZS
-71.59
22° Kechasi 12°

Ikkilamchi bozorga ipoteka kreditlari ajratish davom ettirilishi aytildi

11:11 / 02.02.2022

Moliya vazirligi “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ o‘z faoliyatini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, 2022-yilning 1-choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln. AQSh doll. miqdorida qayta moliyalashtiriladi.

Kompaniya tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan qo‘shimcha mablag‘lar jalb etilishi bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda va 2022-yilning ikkinchi yarim yilligida o‘zlashtirilishini boshlanishi kutilmoqda.

Ayni paytda joriy yilning birinchi yarim yilligida Moliya vazirligi resurlarini jalb etilishi nazarda tutilmoqda.

Kompaniya tomonidan taqdim etilgan resurslar hisobidan ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun 2021 yilda 1,9 trln. so‘m ipoteka kreditlari ajratildi, 2022-yil davomida 2,0 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

2021-2022-yillarda kapital bozorini rivojlantirish Dasturini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi doirasida tijorat banklarini resurslar bilan barqaror ta’minlash maqsadida sekyuritizatsiya va ipoteka obligatsiyalar muomalasi amalga oshirilishini huquqiy asoslari yaratilmoqda.

2023-yildan boshlab Kompaniya tomonidan ipoteka obligatsiyalari chiqarilishi rejalashtirilgan va mazkur mablag‘lar hisobidan Kompaniya faoliyati yanada rivojlanadi.

Shu bilan birga, joriy etilgan yangi tartib doirasida Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun muntazam ravishda resurslar ajratib kelinmoqda.

Moliya vazirligi resurslari hisobidan birlamchi bozordan kvartiralar sotib olish uchun 2021-yilda 5,0 trln. so‘m ajratildi,

2022-yilda aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga 12,8 trln. so‘m resurslar ajratilishi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ O‘zbekistonda ikkilamchi bozorga ipoteka kreditlarini ajratish ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi moliyalashtirish manbalari aniqlangunga qadar to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.


Bu ham qiziq

Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Amerikalik milliarderning Xitoyga tashrifi Tesla aksiyalarining o‘sishiga sabab bo‘lgan.
11:17 / 30.04.2024
29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
18:00 / 28.04.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlarning sud ishiga shubha bildirilmoqda

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati bu haqida bayonot berdi.
16:29 / 29.04.2024
Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi odam urib yubordi

Qo‘qonda 11-sinf o‘quvchisi odam urib yubordi

Qo‘qon shahrida 11-sinf o‘quvchisi mashina boshqarib odam urib yuborganligi haqidagi xabar va unda keltirilgan holatlar yuza…
09:38 / 29.04.2024
Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Investitsiya forumida 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
15:52 / 29.04.2024
Bugun, 30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun, 30-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 30-aprel kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻing…
08:24 / 30.04.2024
Plastik idishlarni utilizatsiya qilmaydigan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Plastik idishlarni utilizatsiya qilmaydigan mamlakatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Hisobot mualliflariga ko‘ra, joriy yilda dunyoda 220 million tonna yangi chiqindilar hosil bo‘ladi.
12:28 / 30.04.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi qancha?

Toshkentda o‘rtacha oylik ish haqi 8 million so‘mdan oshdi.
12:29 / 29.04.2024
Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Hibsga olinganida u An-Naja universitetining jurnalistika fakulteti talabasi edi.
16:34 / 29.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!