$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Ilon Mask Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin oldi

08:54 / 31.03.2023

Milliarder Ilon Maskning shaxsiy akkaunti “Twitter” ijtimoiy tarmog‘ida obunachilar soni bo‘yicha AQSH sobiq prezidenti Barak Obamaning sahifasini ortda qoldirib, eng ko‘p o‘qilgan sahifaga aylandi. Bu haqda 30-mart kuni Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy saytida xabar berildi.

Ilon Mask 44 milliard dollarga platformani sotib olganidan keyin besh oy o‘tib “Twitter”da eng ko‘p kuzatuvchiga ega bo‘ldi. 133 million o‘quvchi bilan 51 yoshli texnologiya magnati 2020-yildan buyon rekord o‘rnatgan AQSHning sobiq prezidenti Barak Obamani ortda qoldirgan.

Ginnesning rekordlar kitobi ma’lumotiga ko‘ra, har oyda 450 millionga yaqin odam platformadan foydalanadi, ularning 30 foizi aynan Maskning sahifasiga obuna bo‘lgan. Biznesmen 2022-yil oktyabr oyida “Twitter”ni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolaganidan beri uning akkauntiga 23 milliondan ortiq foydalanuvchi qo‘shilgan. Har kuni 100 mingga yaqin odam milliarderga obuna bo‘ladi.

2022-yil 27-oktyabrda tadbirkor “Twitter”ni sotib olish bo‘yicha 44 milliard dollarlik shartnomani yopdi. Shundan so‘ng darhol kompaniya rahbariyatining bir qator a’zolarini, jumladan, bosh direktor Parag Agraval va moliya direktori Ned Segalni ishdan bo‘shatdi. AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasining ma’lumotlar bazasiga joylashtirilgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Mask direktorlar kengashini ham tarqatib yubordi va kompaniyaning yagona rahbari bo‘ldi.

Avvalroq “Wall Street Journal” nashri o‘tgan yilning dekabr oyida reklama beruvchilar hamkorlik qilmagani sababli “Twitter”ning daromadi taxminan 40 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!