$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

“Inson oʻz fikrini bildirish va tinch namoyish o‘tkazish huquqiga ega”. BMT Oliy komissari O‘zbekiston rasmiylariga jiddiy e'tiroz bildirdi.

15:00 / 06.07.2022

BMTning inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Mishel Bachelet Qoraqalpogʻistonda boʻlib oʻtgan norozilik namoyishlari chogʻida 18 kishi halok boʻlgani yuzasidan zudlik bilan mustaqil va shaffof tergov qilishga chaqirdi.

Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, Nukusda namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlar chogʻida 18 kishi halok boʻlgan, 243 kishi yaralangan.

“Oʻlganlarning shaxsini darhol aniqlashning imkoni boʻlmadi. Xabar qilinishicha, ular boshi va tanasidan oʻq yegan. Qurbonlarning haqiqiy soni bundan ham koʻp boʻlishi mumkinligidan xavotir bor”, — deyiladi Oliy komissar bayonotida.

Mishel Bachelet rasmiylarni namoyishlar paytida oshkoralikni taʼminlashga, noqonuniy faoliyat haqidagi har qanday ayblovlar boʻyicha zudlik bilan shaffof va mustaqil tergov boshlashga chaqirdi.

Namoyishlar vaqtida va undan keyin 500 dan ortiq odam hibsga olingan, deyiladi xabarda.

“Odamlar oʻz huquqlarini amalga oshirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi kerak. Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan fuqarolik va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi xalqaro paktga koʻra, har bir inson oʻz fikrini bildirish, tinch yigʻilishlar va jamoat ishlarida ishtirok etish huquqiga ega”, – deyiladi Oliy komissar bayonotida.

Uning qoʻshimcha qilishicha, barcha mahbuslar advokat bilan tez uchrashishi va tegishli jarayon hamda adolatli sud muhokamasi kafolatlanishi zarur. Shuningdek, u hukumatni internetdagi cheklovni olib tashlashga chaqirgan.


Bu ham qiziq

Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovoning sobiq prezidenti Hoşim Taçi guvohlarga bosim ötkaziş va sud jarayoniga tösqinlik qilişda aybdor deb topilib, 1 yi…
10:14 / 19.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekiston 2026–2027-yillarda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlarini sotuvga çiqaradi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
14:43 / 19.11.2026
O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda qurilish materiallari importi 780 million dollarni tashkil etmoqda

O‘zbekistonda keramik plita, bazalt qoplama, qurilish oynasi va gazoblok kabi 161 turdagi mahsulotni ishlab chiqarish quvvat…
15:23 / 20.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!