$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Sammiti boshlandi

16:33 / 08.11.2023

Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammiti arafasida IHTga aʼzo mamlakatlarning biznes uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Xalqaro iqtisodiy sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘lgan biznes-forum IHTga a’zo davlatlar Savdo-sanoat palatalari, vazirliklari, tegishli idoralari, banklari va xususiy kompaniyalari rahbarlari hamda vakillarini jamladi.

Uning ishida Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiyadan 300 nafardan ortiq delegatlar hamda 300 dan ortiq mahalliy vakillar ishtirok etdilar, ularda vaziyat, shuningdek, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va faollashtirish istiqbollari muhokama qilinmoqda.

Ushbu biznes-forumdan ko‘zlangan maqsad IHT mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni faollashtirish, O‘zbekiston tadbirkorlari bilan ushbu tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida yangi aloqalarni o‘rnatishdan iborat.

Xorijiy ishbilarmon doiralar bilan bunday keng ko‘lamli va ko‘p formatli hamkorlik dunyo hamjamiyati, ishbilarmon doiralar va yirik investorlarning yirik loyihalarni amalga oshirish, samarali hamkorlikni chuqurlashtirish, qit’a chorrahasi sifatidagi mamlakatimiz ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarishdan manfaatdor ekanidan dalolatdir.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston va IHT o‘rtasida uzoq muddatli istiqbolda samarali hamkorlik qilish uchun mustahkam zamin yaratib, hamkorlikda ishlash bo‘yicha mustahkam tajriba to‘plandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz har tomonlama sheriklik munosabatlarini qaror toptirishga o‘z hissasini qo‘shish barobarida IHTga a’zo davlatlar bilan ham munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.

Ta‘kidlash joizki, Sammitning asosiy maqsadlari – Oʻzbekiston hududlari va tarmoqlari salohiyatini namoyish etish, Oʻzbekistonda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga IHTga aʼzo mamlakatlar kompaniyalarini jalb qilish, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Palata oʻrtasidagi institutsional aloqalarni mustahkamlashdan iborat.


Bu ham qiziq

Tramp 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka 90 dollardan to‘lov berilishini ma’lum qildi

Tramp 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka 90 dollardan to‘lov berilishini ma’lum qildi

AQSh Prezidenti Donald Tramp Medicare dasturida ro‘yxatdan o‘tgan 20 milliondan ortiq keksa amerikalikka bir martalik 90 dol…
12:24 / 04.10.2026
Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Yangi tadqiqotga ko‘ra, Quyosh tizimining tashqi sayyoralari — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — Quyosh oq mitti yulduzga ay…
09:54 / 03.10.2026
Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi

Rossiya xorij fuqarolarini Ukrainaga bormaslikka chaqirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xorij fuqarolari, jumladan, diplomatik missiyalar xodimlarini Ukrainaga bormaslik va mamlaka…
12:12 / 04.10.2026
Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha Milliy mudofaa vazirligi mamlakatning urush va zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga to‘liq tayyorgarligini ta’minlashga …
09:41 / 03.10.2026
Google Gemini’ning ayrim modellariga bepul kirishni cheklaydi

Google Gemini’ning ayrim modellariga bepul kirishni cheklaydi

Google shaxsiy akkaunt foydalanuvchilari uchun Gemini modellaridan foydalanish shartlarini o‘zgartirmoqda. 9-oktyabrdan bosh…
12:07 / 05.10.2026
Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Imomali Rahmonni tavallud kuni bilan tabrikladi

5-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot q…
12:17 / 05.10.2026
4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026
Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026
Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

Erling Xoland soch turmagi tasviridan foydalanilgani uchun aviakompaniyani sudga berdi

“Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland Norwegian Air Shuttle aviakompaniyasini sudga berdi. D…
12:02 / 05.10.2026
Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshida 97 nafar soliq to‘lovchining 122,6 mln so‘mi o‘zlashtirilgani aniqlandi

Qarshi shahrida 97 nafar soliq to‘lovchidan soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olingan 122,6 million so‘m mablag‘ ular…
12:14 / 05.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!