$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Iroq neft sotish bo‘yicha 50 yillik rekordini yangiladi

21:55 / 04.04.2022

Iroq mart oyida 11,07 milliard dollarlik neft eksport qilgan. Bu haqda Iroq neft vazirligi ma’lum qildi.
 
Vazirlikning qayd etishicha, bu so‘nggi 50 yildagi rekord holat. Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti ortidan “qora oltin”ning jahon bozoridagi narxi keskin ko‘tarilgan.
 
Bag‘dod daromadlarining 90 foizdan ortig‘i neft daromadlariga bog‘liq va bu davlat g‘aznasiga katta foyda olib keladi.
 
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkilotida (OPEC) yoqilg‘i qazib chiqarish bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Iroq o‘tgan oyda 100 million barreldan ortiq “qora oltin” sotgan. Fevral oyida mamlakat jami 8.6 milliard dollarlik neft eksport qilgan edi.
 
Ta’kidlanishicha, uglevodorodlardan keladigan daromad hukumat uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, sababi Iroq moliyaviy inqirozga uchragan hamda o‘n yillik urushda vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklash uchun pulga muhtoj.
 
Shu bilan birga mamlakatning 41 million aholisi elektr energiyasi yetishmovchiligidan aziyat chekadi. Iroq ulkan neft va gaz zahiralariga ega ekaniga qaramay, Bag‘dod hamon energetik tanqislikka qarshi kurashda importga qaramlikni saqlab qolgan. Xususan, Eron iroqliklarning gaz va elektrga bo‘lgan talabining 30 foizdan ortig‘ini ta’minlaydi, ammo yetkazib berish hajmi tobora kamayib bormoqda.
 
Rossiya 24 mart kuni Ukrainada harbiy amaliyotni boshlaganidan so‘ng, yetkazib berish hajmining kamayib ketish xavfi ortidan neft narxi keskin ko‘tarilib ketdi. Rossiya “qora oltin” eksportida dunyoda Saudiya Arabistonidan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.
 
31 mart kuni OPEC va uning Rossiya boshchiligidagi ittifoqchilari Gʻarbning neft qazib olishni ko‘paytirish to‘g‘risidagi so‘rovlarini inkor qilib, ishlab chiqarishni arzimas ko‘rsatkichlarda oshirishga kelishib olgan.  Xususan, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi 13 davlat va Rossiya yetakchiligidagi 10 davlat may oyidan boshlab kuniga 432 ming barrel neft qazib olishga kelishib olgan – bu avvalgi ko‘rsatkichlardan biroz yuqori.
 
Shuningdek, AQSH bu davlatlardan ishlab chiqarishni ko‘paytirishni so‘ragan. Energoresurslarning narxi ko‘tarilishi butun dunyoda inflyasiya miqdorining ko‘tarilishiga, bu o‘z navbatida pandemiyadan so‘ng qayta tiklanayotgan iqtisodiyotga salbiy ta’sir o‘tkazishiga sabab bo‘lishi mumkin.
 
OPEC Gʻarb talablarini bajarishdan bosh tortgach, Vashington o‘z strategik zahiralaridagi neftni chiqarishga qaror qildi.
 
Qayd etish mumkin, so‘nggi ikki oyda Brent markali neftning bir barreli 140 dollarga yetdi, ammo keyinchalik uning bahosi biroz pasaydi.



														
														Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Qirğiziston maktablarida qoğoz darsliklar örniga planşetlar beriladi

Mamlakat prezidenti Sadir Japarov 5–6 yil içida öquvçilarni qoğoz kitoblar örniga planşetlar bilan ta’minlaş rejalaştirilayo…
09:53 / 07.11.2026

														
														Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda viloyat va tumanlar tugatilib, örniga aymoqlar taşkil etiladi.

Qirğizistonda ma’muriy-hududiy tuzilmani özgartirişning ikkinçi bosqiçi boşlanmoqda. Rejaga köra, mamlakatdagi 7 ta viloyat …
08:28 / 28.10.2026

														
														Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

Tarixda ilk bor yarador askar dron orqali evakuatsiya qilindi.

U yarim yil davomida evakuatsiya qilinishini kutgan – og‘ir jarohatlari tufayli o‘z oyoqlarini kesib tashlashiga to‘g‘ri kel…
17:17 / 25.10.2026

														
														Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

Makkada nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan ikki bangladeshlik qatl etildi

2026-yil 14-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Makka mintaqasida masjid ichida nomaqbul harakat sodir etganlikda ayblangan …
17:31 / 20.10.2026

														
														Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Uzoq muddatli elektr uzilishlariga qaramay, Ukraina Vengriya va Moldovaga elektr energiyasini sotmoqda

Ukrainaning “Ukrainian News” axborot agentligi seshanba kuni xabar berishicha, mamlakat ichidagi uzoq muddatli elektr uzilis…
17:20 / 20.10.2026

														
														Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

														
														Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026

														
														Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026

														
														Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

														
														AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026

Bu ham qiziq

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!