Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil G‘azo sektori shimolidagi qadimiy ashyolar joylashgan bino yaqinidagi turar-joylarni bombardimon qilgan.
Isroil armiyasi voizi Avichay Adraee, Amerika X kompaniyasining ijtimoiy media hisobi orqali bergan bayonotida, G‘azo shahrida 783, 784, 785, 786 va 787-sonli turar-joy massivlarini qamrab olgan yangi havo hujumlarini amalga oshirishlarini ma’lum qilgan.
Adraee, G‘azo shahrining g‘arbidagi hududdagi bloklar orasida “Kavsar minorasi” deb nomlangan ko‘p qavatli bino va uning atrofidagi chodirlarning bombalanishini bildirdi.
Adraee postidan ko‘p o‘tmay hujum ogohlantirishi berilgan hududlar Isroil harbiy samolyotlari tomonidan bombardimon qilindi.
Gazetaning yozishicha, armiya 10-sentabr, chorshanba kuni G‘azo sektori shimolidagi G‘azo shahrining al-Rimal mahallasida ko‘plab tarixiy ashyolar joylashgan binoga hujum qilish bilan tahdid qilgan.
Xabarda, 10 qavatli binoning yerto‘lasining yillar davomida “Fransuz Injil va Arxeologiya Instituti”ning ombori sifatida foydalanilgani va binoda minglab tarixiy asarlar mavjudligi bildirildi.
Xabarda, Fransiya, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ta’lim, Fan va Madaniyat tashkiloti (YUNESKO) va Quddus Lotin Patriarxiyasining chorshanba kunidan beri Isroilni hujumni kechiktirishi uchun harakat qilgani, binodagi ba’zi muhim osori-atiqalarning G‘azo shahridagi bir cherkovga ko‘chirilgani, bu cherkovning Isroil hujumiga duchor bo‘lmasligini ta’kidladi
Arxeologlar so‘nggi ikki kundan beri binodagi eng muhim tarixiy ashyolarni saqlab qolishga harakat qilayotgani, binoda qolgan tarixiy ashyolar esa yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida ekani ma’lum qilindi.
Bombalangan hududdagi tarixiy asarlar joylashgan binoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilinganmi yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!