2025-yil 15-sentyabr kuni soat 05:40 larda Mirobod tumani Gulsanam ko‘chasida harakatlanib kelayotgan 101-sonli yo‘nalishdagi MAN rusumli (saroy raqami 10, davlat raqami 01 897 OJA) avtobus TTZ bozori bekatida to‘xtash chog‘ida yo‘l qatnov qismida yuzaga kelgan cho‘kish oqibatida o‘ng tomoni bilan yerga botib qolgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avvalroq suv quvurlari o‘tkazilishi va suv oqib chiqishi natijasida yo‘l qatnov qismi mustahkamligi pasaygan, avtobusning og‘irligi esa cho‘kishga sabab bo‘lgan.
Voqea joyiga “5-Avtobus saroyi” filiali rahbari va mas’ul xodimlar zudlik bilan yetib borib, tegishli choralarni ko‘rishi natijasida, soat 10:10 ga kelib avtobus cho‘kkan joydan chiqarib olingan.
Mazkur hodisa oqibatida yo‘lovchilar orasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan. Hozirda avtobus to‘liq soz holatga keltirilib, sanitar ishlov berilgach, yo‘nalishdagi xizmatini davom ettirmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!