“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu PSJ futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Le 10 Sport xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hujumchi Kilian Mbappe Parij klubini tark etishga yaqin turibdi, shu bois rahbariyat tarkibni kuchaytirish variantlarini qidirmoqda.
Manbaning xabariga koʻra, agar Ronaldu ingliz jamoasini tark etish istagini bildirsa, PSJ futbolchi uchun oʻz eshiklarini ochishga tayyor.
Oldinroq portugaliyalik hujumchi “qizil iblislar” safidagi vaziyatdan va klub rahbariyatidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shu bois, Ronaldu oʻzining agenti Jorje Mendesga vaziyat oʻzgarmasa, yangi jamoa izlash kerakligini aytdi.
Maʼlumot uchun, Ronaldu APLning joriy mavsumida 16 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!