Oʻzbekiston terma jamoasi va “Al-Nassr” yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, oʻzbekistonlik futbolchi xizmatiga Istanbulning “Bashakshexir” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, qishki transfer vaqtida Masharipov turk klubiga koʻchib oʻtishi mumkin.
Avvalroq, hamyurtimizga BAA va Saudiya Arabistoni jamoalaridan ham takliflar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish mumkin, ayni damda Istanbul jamoasi Turkiya Superligasida 19-turdan soʻng 33 ochko bilan 3-oʻrinda bormoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!