Koreyalik olimlar ikki oyoqli yirtqich dinozavrlar namunasidagi robot yaratdi. Model 46 km/soat tezlikka erisha oladi.
Robot uglerod tolasi va epoksi qatronidan tayyorlangan ikkita moslashuvchan “oyoq” bilan jihozlangan. Har bir aʼzoda, shuningdek, tezlikni boshqarish uchun amortizator va vosita vazifasini bajaradigan sunʼiy Axilles tendon ekvivalenti mavjud.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, robot yugurishda Useyn Boltni ortda qoldira oladi. Uning maksimal tezligi 46 km/soat, mashhur sportchiniki esa 44,7 km/soat edi. Biroq robot tayanch uchun relsga ulangan va quvvat manbaiga ulangandagina bunday tezlashuvga erisha oldi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!