$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Jizzaxda qariyb 320 nafar band boʻlmagan yoshlar oʻqitilib, kasb-hunarga oʻrgatiladigan monomarkaz faoliyat yuritmoqda

23:19 / 18.12.2021

18-dekabr kuni AOKA hamda Jizzax viloyat hokimligi tomonidan viloyat boʻylab Respublika va mahalliy OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.

Dastlab press-tur ishtirokchilari yaqinda tashkil etilgan xalq deputatlari viloyat Kengashi binosiga tashrif buyurib, Kengashda deputatlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. 

Jizzax viloyati Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudirasi Nodira Karimovaning taʼkidlashicha, kotibiyat uchun yangi binodan 3 ta xona ajratilib, zamonaviy kompyuter va jihozlar bilan taʼminlangan, zarur shar-sharoitlar yaratilgan. 

2021-yilning yanvar-noyabroylari davomida xalq deputatlari viloyat Kengashining 13 ta sessiyasi oʻtkazilib, unda 220 ta masalalar muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, joriy yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan dasturlarning ijrosi, hokimlar, uning oʻrinbosarlari, tegishli boshqarma tashkilotlarning hisobot va axborotlarini eshitish rejalashtirilgan. 

Shundan soʻng, ishtirokchilarning media-tur doirasidagi ilk manzili Jizzax shahridagi aholi bandligini taʼminlash, ularni kasbga yoʻnaltirish maqsadida bunyod etilgan “Monomarkaz” boʻldi.

Quvvati bir vaqtning oʻzida 490 oʻrinli boʻlgan Jizzax shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi binosini taʼmirlash va jihozlashda, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan 14 milliard 400 million soʻm va Jahon bankining 1 milliard 145 million soʻmdan ortiq mablagʻlari jalb etilgan.

Mazkur monomarkazda 5 ta xizmat turi, 22 turdagi kasbga oʻqitish va 5 ta til oʻrgatish kurslari faoliyat yuritmoqda. 
Monomarkazda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bandligi vaqtincha taʼminlanmagan jizzaxlik yigit-qizlar uchun servis va xizmat koʻrsatish sohasi boʻyicha 8 ta, texnik soha boʻyicha 7 ta, qurilish sohasi boʻyicha 5 ta, qishloq xoʻjaligi sohasida 2 ta kasb turlari tashkil etilgan.

Shuningdek, xorijiy tillarni oʻrgatish kursida rus, ingliz, koreys, xitoy va yapon tillari, raqamli texnologiyalarni oʻrgatish kursida esa kompyuter savodxonligi, dasturchi 1S buxgalteriya mutaxassisliklari oʻrgatiladi.

Qayd etilishicha, ayni paytda monomarkazda 24 ta kasb-hunar va 3 turdagi til oʻquv kurslarida 317 nafar band boʻlmagan yoshlar oʻqitilib, kasb-hunarga oʻrgatilmoqda.


Bu ham qiziq

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!