$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Jizzaxda qariyb 71 mlrd. soʻm evaziga tashkil etilgan xalqaro universitetga IT boʻyicha 16 nafar xorijiy professor-oʻqituvchilar jalb etillgan

11:18 / 19.12.2021

Avval xabar qilinganidek, AOKA va Jizzax viloyati hokimligi tomonidan Respublika va mahalliy OAV vakillari uchun viloyat boʻylab press-tur tashkil etildi. Tur doirasida, Jizzax shahridagi “Sambhram” texnologiya universitetiga tashrif amalga oshirildi.

Hukumatning tegishli qarorig00a muvofiq tashkil etilgan “Sambhram” universiteti (Hindiston) nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanib, u yerda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida, ingliz tilida hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, universitetda 2021-2022 oʻquv yilida 2 000 ga yaqin talaba qabul qilingan boʻlib, taʼlim muddati 4 yil boʻlgan (kunduzgi) 3 ta bakalavr yoʻnalish va taʼlim muddati 2 yil boʻlgan 2 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha hujjatlar qabul qilingan. Bular:

Bakalavriat: 1.Axborot texnologiyalari muhandis-dasturchisi (B.Tech.IT)-700 nafar, 2. Axborot texnologiyalari fanlari (B.Sci.IT)-500 nafar, 3. Biznes boshqaruvi (ВВА.IT)-700 nafar.

Magistratura: 1. Axborot texnologiyalari fanlari (М.Sc.IT)-50 nafar, 2. Biznes boshqaruvi (МВА.IT)-50 nafar.

Maʼlum qilinishicha, universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston va Hindistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Keltirilishicha, bugungi kunda universitetda 200 oʻrinli oshxona binosi hamda 500 oʻrinli yotoqxonalarning taʼmirlanishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Hozirgi kunda 1 500 nafardan ortiq talabalar 2 smenada dars mashgʻulotlarida ishtirok etayotgan universitet faoliyatiga Hindistondan 16 nafar, Oʻzbekistondan 30 nafar professor-oʻqituvchilar jalb etilgan. Umumiy ilmiy salohiyat 30% ni tashkil etadi.

Shuningdek, media tur ishtirokchilari shahar markazida joylashgan “Prezident maktabi”da ham boʻlishdi.

Davlat rahbarining tegishli qarori bilan tashkil etilgan “Prezident maktabi”ning 144 nafar oʻquvchisi viloyat maktablaridagi 260 ming nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar orasidan eng sarasi, bilimdoni, iqtidorlisi sifatida bu yer oʻqishadi.

Qisqa fursat ichida 70,7 mlrd.soʻm byudjet mablagʻlari evaziga bunyod etilgan mazkur muassasada oʻquvchilar uchun 120 oʻrinli oshxonada barcha sharoitlar yaratilgan. 50 oʻrinli maktab kutubxonasida 9 500 dan ziyod kitob va qoʻllanmalardan iborat fond mavjud.

Oʻz navbatida, maktabdagi oʻquv-tarbiya jarayonlari xalqaro Cambridge Assessment International Education taʼlim sistemasi va mahalliy taʼlim tizim integratsiyalashgan holda tashkil etilgan.

Bundan tashqari, oʻquvchilarning iqtidori, aniq fanlar va texnologiyalarga qiziqishi, yaratuvchanlik salohiyatini oʻstirishga xizmat qiladigan robototexnika, modellashtirish, kreativ ijod toʻgaraklari, fizika, kimyo, biologiya kabi tabiiy fanlarni chuqurlashtirilgan holda oʻzlashtirish imkonini beradigan laboratoriya xonalari tashkil etilgan.

Qayd etilishicha, maktabda Fillipindan 3 nafar, Hindistondan 2 nafar, Xorvatiya, Pokiston,Buyuk Britaniya va Shotlandiyadan 1 nafardan jami 9 nafar xorijlik malakali oʻqituvchi yoshlarga taʼlim berishadi.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!