Jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich Polsha matbuot agentligi (PAP) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Yevropaning 2021 yildagi “eng yaxshi sportchisi” deb topildi.
“Ko‘hna qit’a”ning 27 axbarot agentligi ishtirok etgan so‘rovnomada serbiyalik tennischi 172 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni “Bavariya” futbolchisi Robert Levandovski (133) va “Formula 1” bo‘yicha jahon chempioni Maks Ferstappen (125) egalladi.
Qayd etish joizki, yakunlanayotgan yilda Jokovich “Australian Open”, «Rolan Garros» va «Uimbldon» turnirlarida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Novak 2011, 2015 va 2018 yillarda ham ushbu agentlik tomonidan o‘tkaziladigan so‘rovnomada g‘olib bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!