Avstraliya federal sudi avvalroq vizasi bekor qilingan dunyoning birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich ishi boʻyicha qaror qabul qilgani maʼlum boʻldi.
Unga koʻra, tennischi advokatlarining arizasi sud tomonidan rad etilgan, Jokovich ishni yutqazgan. Shunday qilib, u Avstraliya vizasini ololmadi.
Yaqin kelajakda u deportatsiya qilinadi, deb yozadi jurnalist Ben Rotenberg oʻzining Twitter sahifasida. Shuningdek, bunday holda, Novak sud xarajatlarini toʻlashi kerak boʻladi.
Jokovich ishi Avstraliyadagi Federal sud sudyalarining toʻliq hayʼati tomonidan koʻrib chiqilgan., Maʼlum boʻlishicha, Jokovichga qarshi daʼvolar viza olishda hujjatlar bilan bogʻliq muammolar tufayli yuzaga kelgan.
Qayd etish mumkin, “Australian Open” turnirining toʻqqiz karra chempioni Jokovich allaqachon turnir kortlarida shugʻullanishga muvaffaq boʻlgan edi.
Maʼlumot uchun, Avstraliya ochiq chempionatining birinchi kuni ertaga, 17-yanvar kuni boʻlib oʻtishi belgilangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!