$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Joriy yilda 2,4 mln fuqaro ish bilan ta’minlangan

14:27 / 27.11.2022

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil yanvar oyidan oktyabr oyiga qadar hududlarda band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali 2,4 million nafar fuqaroning daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlangan.

Qayd etilishicha, 903 ming nafar fuqaro doimiy ish joylariga joylashtirilgan. 914 ming nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. 82 ming nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkorlikka (yollanma ishchilari bilan birgalikda) va 158 ming nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan. 392 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratilgan.

Shuningdek, hokim yordamchilari tavsiyanomalari asosida 347 mingta loyihaga 8,1 trillion so‘m imtiyozli kreditlar va 46 mingdan ortiq ishsizlarga 152,5 milliard so‘m subsidiyalar ajratilgan. Bundan tashqari, hokim yordamchilari tomonidan 274 ming nafar aholi kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish uchun yo‘naltirilib, ularning 223 ming nafari o‘qishni tamomladi. Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 46 mingdan ortiq “mahallabay” mikroloyihalarning 35 mingtasi ishga tushirilib, 175 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan.

“Bunda, 1 ming 800 ta loyiha ko‘p qavatli uy-joylar yerto‘lasini ijaraga berish orqali, 2 ming 940 tasi mahalladagi bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanish hisobiga amalga oshirilgan. Mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 77 mingta yuridik va 76 mingta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’yektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, shuningdek 6,3 mingga yaqin korxonalarning faoliyati kengaytirildi va kam quvvat bilan ishlayotgan 9,7 mingta korxonalarning quvvatlari tiklandi”, – deyiladi xabarda.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Muxtor Shonazarov ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatimizda 9 ming 294 nafar hokim yordamchisi faoliyat olib bormoqda.

Hokim yordamchilariga esa ishlash imkoniyati va xohishi bor, lekin sharoiti og‘ir oilalarni o‘qitish va o‘z ishini boshlashi uchun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xo‘jaligi uchun ularga yer maydonlari ajratish masalalari bilan shug‘ullanish vazifalari topshirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirov telegramdagi o‘zining “Bakiroo” kanalida ushbu miqdor oshirib ko‘rsatilganini ta’kidlagan.

“Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, hokim yordamchilari tomonidan 2022-yil yanvar oyidan oktyabr oyiga qadar hududlarda band bo‘lmagan aholini ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish orqali 2,4 million nafar fuqaroning daromadli mehnat bilan bandligi ta’minlangan.

Hatto o‘zbek statistikasi kamtarona, hatto o‘tgan epoxada yolg‘on bunchalik katta shishirilmagan.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, o‘tgan 9 oyda ish bilan band aholi soni 297 mingga oshgan. Mahallabay agentligi hatto rasmiiy statistikani 8 barobardan ko‘proqqa shishirgan”, – deyiladi postda.


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!