$
12632.22 UZS
22.05
134.39 UZS
-0.85
13478.58 UZS
-48.35
27° Kechasi 14°

Joriy yilda 844 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan

08:34 / 14.10.2022

Joriy yilda xorijda og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 844 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Germaniya, Serbiya, Finlyandiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan 474 ta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanib, ularda 13 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan. Shu va boshqa davlatlarga jami 27 mingdan ortiq fuqaro manzilli ishlarga jo‘natilgan. Shuningdek, Koreya Respublikasiga 3825 nafar, Angliyaga esa 77 nafar o‘zbekistonlik ishga jo‘natilgan.

“Agentlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan yana biri o‘zbekistonlik mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish, moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishdagi raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, jami 206 mingdan ortiq fuqaroga xizmatlar ko‘rsatilgan. Shundan, 183 mingdan ortig‘iga maslahat xizmati, 6063 nafariga huquqiy, 15 mingdan ortig‘iga ijtimoiy, 2595 nafariga moddiy yordam, (shundan, 1009 nafariga BHMning ikki baravaridan, jami 50 255 AQSH dollari miqdorida bir martalik) ko‘rsatilgan. Shuningdek, 198 nafar fuqaro vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 844 nafar fuqaro esa O‘zbekistonga olib kelingan”, – deyiladi xabarda.

Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan yurtdoshlarimizning ish beruvchilaridan 834 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqlari undirib berilgan.


Bu ham qiziq

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya qanday kasallik?

Bradikardiya – bu yurakning bir daqiqa davomida 60 tadan kam qisqarishi hisoblanadi.
10:34 / 01.05.2024
Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketdi

Noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq Atlantika okeanida cho‘kib ketdi

Ular 110 kilometr uzoqlikda cho‘kib ketgan.
12:32 / 30.04.2024
“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Qo‘shimcha reyslar 2024-yilning 3, 4, 5-may kunlari amal qiladi.
18:01 / 01.05.2024
Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Amerikalik milliarderning Xitoyga tashrifi Tesla aksiyalarining o‘sishiga sabab bo‘lgan.
11:17 / 30.04.2024
G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

G‘azoda qurbon bo‘lgan OAV xodimlari soni 142 nafarga yetdi

Yana bir OAV xodimi va uning o‘g‘li Isroil hujumlari qurboni bo‘ldi.
17:37 / 30.04.2024
Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

“Tolibon” ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, bir guruh qurolli shaxs masjiddagi namozxonlarga hujum…
11:23 / 30.04.2024
AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

AQSh Oyga harbiy kuchlarini joylashtirmoqchimi?

Amerika rasmiysining qayd etishicha, bunday darajaga erishish deyarli imkonsiz.
10:31 / 01.05.2024
Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Isroil qamoqxonasidagi falastinlik yozuvchi oliy mukofotni qo‘lga kiritdi

Hibsga olinganida u An-Naja universitetining jurnalistika fakulteti talabasi edi.
16:34 / 29.04.2024
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Vitse-prezidenti Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan.
18:07 / 01.05.2024
“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

“The Beatles” musiqiy guruhi haqidagi filmning treyleri chiqdi

Filmning premyerasi 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
11:10 / 01.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!