$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Joriy yilning 9 oyi davomida jami 338 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgan — Vazirlik

07:51 / 17.11.2021

Yilning oʻtgan davrida 31,5 ming ishsizlar hamda “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsizlarga 66,6 mlrd.soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilgan. Bu haqda Bandlik va tashqi mehnat munosabatlari vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish, asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish, “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlarini qoplash uchun 6 263 nafar fuqarolarga 4,8 mlrd.soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlsa, shaxsiy va dala tomorqasida issiqxona, ekishga urugʻlar va koʻchatlar hamda sugʻorish vositalarini xarid qilish uchun 16 426 ta oilalarga 43,7 mlrd.soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilgan.

190 ta ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etilib, ularga 9 ming nafar ishsizlar biriktirildi va ularning aʼzolik ulushi sifatida 18,2 mlrd.soʻm subsidiyalar ajratilgan.

Joriy yilning 9 oyi davomida jami 338,2 mingta yangi ish oʻrinlari tashkil etildi yoki prognozga nisbatan 124 foizga bajarilgan (oʻtgan yilga nisbatan 126 foizga oʻsdi, 66,9 mingtaga koʻp). Shu jumladan,

-tarmoq investitsiya loyihalarini amalga oshirish hisobiga 78 ta loyihada jami 9 064 ta;

-hududiy investitsiya dasturiga kiritilgan 10,6 mingta loyihalarni amalga oshirish hisobiga 108,8 mingta (116 %) yangi ish oʻrni tashkil etilgan.

Shuningdek, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga 4 920 ta (9 oylik prognozga nisbatan 182 foiz) doimiy ish oʻrni yaratilgan. Yangi roʻyxatdan oʻtgan qariyb 60 mingta kichik korxona va mikrofirmalarda 123,9 mingta yangi ish oʻrinlari tashkil etilgan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali 91,5 ming nafar (122 foiz) aholi band etildi.

Mehnat bozoridagi talablar asosida kasbiy bilimlarga oʻqitish vazirlikning ustuvor vazifasiga aylandi. Vazirlik tasarrufida 16 ta “Ishga marhamat” band boʻlmagan aholiga xizmat koʻrsatuvchi “Monomarkaz”, 59 ta tuman va shahar kasb-hunarga oʻqitish markazlari, 136 ta mahallada kasb-hunarga oʻqitish maskanlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan 54 turdagi kasblar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillar boʻyicha joriy yilning 9 oyida 97,7 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga oʻqitishga jalb etilgan.

Bundan tashqari, kasb-hunarga oʻqitishga jalb etilganlarning asosiy qismi xotin-qizlar (66 foiz), yoshlar (54 foiz) ulushiga toʻgʻri keldi. Ularning 26,4 foizi “Ayollar daftari”, 40 foizi “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ishsiz fuqarolarni tashkil etadi.

Kasb-hunarga oʻqitishga jalb etilganlarning 48,9 ming nafari (50,1 foiz) sanoat va xizmat koʻrsatish yoʻnalishida, 27,1 ming nafari (27,6 foiz) qurilish, 3,6 ming nafari (3,7 foiz) agrotexnologiyalar, 6,6 ming nafari (6,8 foiz) “IT” sohasi kasblari va 11,5 ming nafari (11,8 foiz) “Usta-shogird” anʼanasi asosida hunarmandchilik kasblariga yoʻnaltirilgan.


Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!