$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Joriy yilning birinchi yarmida Oliy va O‘rta maxsus taʼlim tizimida 11,5 mlrd. soʻmdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan – Agentlik

17:25 / 16.11.2021

Hududlardagi ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan 205 ta taʼlim muassasasida oʻtkazilgan moliyaviy nazorat va profilaktik tadbirlar davomida 11,5 mlrd. soʻmdan ziyod moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha 2019-yilda oliy taʼlim sohasida 142 ta jinoyat sodir etilgan boʻlsa, 2020-yilda bu koʻrsatkich 39 foizga (87 ta) yoki jinoyat sodir etgan shaxslar soni 35 foizga kamaygan. 2021-yilning 6 oyida bu koʻrsatkich 16 tani tashkil etib, unda ishtirok etganlar 26 nafardan iborat boʻlgan.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida 2019-yilda aniqlangan moliyaviy qonunbuzarliklar qariyb 20 mlrd. soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2020-yilda 66 foizga kamaygan. 2021-yilning oʻtgan davrida bu koʻrsatkich 5,2 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2019-2021-yillarda oʻtkazilgan profilaktik tadbirlarda 793 ta taʼlim muassasalarida 17,9 mlrd. soʻmlik byudjet mablagʻlarining noqonuniy sarflanishining oldi olingan. 

Keltirilishicha, hududlardagi ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan 2021-yilning 1-yarmida 205 ta taʼlim muassasasida moliyaviy nazorat va profilaktik tadbirlar oʻtkazilgan.

Ularda 11,5 mlrd. soʻmdan ziyod moliyaviy  xato va kamchiliklar aniqlangan. Shundan 4 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻlarning qaytarilishi taʼminlangan. Yaʼni, qariyb 5 mlrd. soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olingan.

Moliyaviy xatoliklarga yoʻl qoʻygan 139 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilgan. Shundan, 99 nafar xodimga hayfsan berilgan, 3 nafar xodimga nisbatan jarima qoʻllanilgan, 37 nafar xodim esa  egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Bundan tashqari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ayrim oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillar, unga sabab boʻlayotgan shart-sharoitlar, byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanish, ish haqi, stipendiya va boshqa toʻlovlarning toʻlanishi hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi oʻrganilganida, qator qonunchilik talablari buzilganligi aniqlangan.

Masalan, Buxoro davlat universitetida 348 mln. soʻmlik moddiy boyliklar qimmat narxlarda xarid qilingan, 222 mln. soʻmdan ziyod mablagʻlar esa maqsadsiz sarflangan. 246 mln. soʻmdan ortiq shartnomada koʻrsatilmagan jihozlar sotib olingan. 

Qurilish tanlovlarini oʻtkazishda 20 mlrd. soʻmlik tanlovlarda davlat xaridlariga oid qonun talablariga rioya etilmagan. Buxoro muhandislik-texnologiya institutida magistrantlarga 13.5 mln. soʻmdan ortiq stipendiya ortiqcha toʻlangan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti esa tomonidan oʻtkazilgan 1,1 mlrd. soʻmlik tanlovlarda davlat xaridlariga oid qonunchilik talablari buzilgan.

Shuningdek, Buxoro davlat tibbiyot institutida 137 mln. soʻmga yaqin stipendiya, ish haqi va boshqa toʻlovlar noqonuniy toʻlangan hamda xodimlarni ragʻbatlantirishda ijtimoiy adolat va tenglik prinsiplari buzilgan. Ushbu taʼlim muassasasida, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishda ham adolat tamoyillari buzilganligi aniqlangan.

Innovatsiya sohasiga aloqasi boʻlmagan texnik xodim innovatsiya sohasi boʻyicha ragʻbatlantirilgan. Shuningdek, institut akademik litsey binosini taʼmirlash boʻyicha berilgan 27 564 865, 000 soʻmlik eʼlon oʻrganilganida, qurilish ishlari aslida bajarib boʻlinganligi maʼlum boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, yuqoridagi holatlar boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritilgan. Toʻplangan hujjatlar prokuratura idoralariga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan.


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!