$
11772.95 UZS
-35.81
₽
141.14 UZS
-1.02
€
13224.55 UZS
-179.57
31° Kechasi 18°

Kecha Shavkat Mirziyoyev uch tomonlama sammitda ishtirok etdi

08:53 / 05.08.2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 4-avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ishtirokida o‘tgan uch tomonlama sammitda ishtirok etdi.

Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetika sohasini rivojlantirish, transport-logistika salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida Turkmaniston Prezidentiga sammitni tashkil etgani va ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun hamda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga tadbirni o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi.

Mintaqa mamlakatlarining mushtarak ochiqlik, birdamlik va hamjihatlik siyosati o‘zining amaliy natijalarini berayotgani qayd etildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va logistika sohalarida savdo amaliyotlari va kooperatsiya kelishuvlari karrasiga oshdi. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaydi.

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvlarining samarali faoliyati qayd etildi. Yakdillik tufayli ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro maqbul yechimlar qabul qilinayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti yangi xavf-xatarlarga e’tibor qaratib, ularga munosib va chuqur o‘ylangan javoblarni birgalikda izlash zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Bu mintaqada suv tanqisligi tobora ortib, keyingi yillarda keskin tus olayotgan sharoitda ayniqsa muhimdir.

Suv tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suv resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, sel va toshqin suvlarini to‘plash va saqlash uchun infratuzilmani birgalikda rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish taklif qilindi.

- Bu masalalarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining butun salohiyatini hamda Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kabi sherik tashkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni ishga solish lozim, – dedi davlatimiz rahbari.

So‘ng Prezidentimiz Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida energetika sohasida, shu jumladan, energiya resurslarini yetkazib berish va ularning tranziti borasida yaqin, samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi.

Mamlakatlarimizning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishga intilishi mushtarak ekanini hisobga olib, gidro va issiqlik energetikasida loyihalarni birgalikda amalga oshirish tashabbusi ilgari surildi.

O‘zaro integratsiyalashgan transport infratuzilmasini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakatimiz yetakchisi “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron” yo‘lagining rivojlantirilishi, Transkaspiy yo‘nalishi salohiyatining ishga solinishi Markaziy Osiyoning “Sharq – Gʻarb” va “Shimol – Janub” xalqaro yo‘laklaridagi tranzit markazi sifatidagi jozibadorligini oshirishiga ishonch bildirdi.

Shu maqsadda xalqaro yuk tashuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, raqamlashtirishni jadallashtirish va nazorat-o‘tkazish maskanlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish yo‘lida birgalikda ishlash taklif qilindi.

Dunyoning bosh maydoni – Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va mintaqa mamlakatlari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari so‘zining yakunida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va ravnaqni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta’kidladi.

Shuning bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi.


Bu ham qiziq

"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.

"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:
09:35 / 04.10.2026
Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryoda 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida 3 yoshli qiz o‘gay onasi tomonidan urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Bolalar o…
15:00 / 03.10.2026
Xalqaro qidiruvdagi fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvdagi fuqaro Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu …
11:42 / 04.10.2026
Dual ta’limda OTM va korxonalar samaradorligi baholanadi

Dual ta’limda OTM va korxonalar samaradorligi baholanadi

O‘zbekistonda dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etilmoqda. 2027/2028-o‘quv yili yakunidan boshlab oliy…
11:28 / 04.10.2026
Chilonzorda avtomobil ustiga daraxt quladi

Chilonzorda avtomobil ustiga daraxt quladi

2026-yil 1-oktyabr kuni soat 23:59 da Chilonzor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasida daraxt sinib qulashi natijasida haraka…
09:12 / 02.10.2026
Flydubai kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Flydubai kapitaniga hujum qilgan ikkinchi uchuvchi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi

30-sentyabr kuni Dubaydan Tel-Avivga uchayotgan Flydubai samolyotida kapitaniga hujum qilib, boshqaruvni egallashga uringan …
12:30 / 04.10.2026
Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Quyosh tizimining tashqi sayyoralari kutilganidan tezroq parchalanishi mumkin

Yangi tadqiqotga ko‘ra, Quyosh tizimining tashqi sayyoralari — Yupiter, Saturn, Uran va Neptun — Quyosh oq mitti yulduzga ay…
09:54 / 03.10.2026
Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Atakama cho‘li kuchli yomg‘irdan so‘ng gullarga burkandi

Dunyodagi eng qurg‘oqchil hududlardan biri hisoblangan Chilining Atakama cho‘lida 2026-yil boshidagi kuchli yomg‘irlardan so…
10:53 / 03.10.2026
4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

4-oktyabr — TARIX IZLARIDA

Muhim tarixiy voqealar
08:21 / 04.10.2026
Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

Moskvadagi aeroport hojatxonasidan ayol va chaqaloq jasadi topildi

2-oktabr kuni Moskva yaqinidagi Sheremetevo aeroportining uchib kelish zonasidagi hojatxonadan ayol va yangi tug‘ilgan chaqa…
14:55 / 03.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!