$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

Kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishimiz kerak - Mirziyoyev

18:08 / 21.12.2021

Yig‘ilishda yangi tashkil etilgan Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlangan.

Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani qayd etilgan.
Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritilib, 478 mingta ob’yektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqilgan.Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlangan.

Xabarda keltirilishicha, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.
Yig‘ilishda yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’yektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudligi qayd etilgan.

“Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi.
Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p.
Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishni reja qilganmiz.

Agar yerning hisobi, aniq chegarasi bo‘lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi”, - degan Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, qayerda bo‘sh yer borligi to‘g‘risida ham aniq ma’lumot yo‘qligi, bu bilan 30 yil hech kim shug‘ullanmagani qayd etilgan. Oqibatda kadastr hujjati bo‘lmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qo‘ya oladi, na uni sota oladi.


Bu ham qiziq

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metrosida yölovçilar oqimi 20 foizga oşdi: yangi poyezdlar xarid qilinadi

Toşkent metropolitenida yölovçilar oqimi oşgani sababli vagon parkini kengaytiriş rejalaştirilmoqda. 2026-yil sentabr–oktabr…
11:50 / 20.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Özbekistonda investorlarga 10 yilgaça soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaş yiğilişida mamlak…
14:56 / 19.11.2026
Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda banklar mijozlarga naqd pul berişni uzluksiz ta’minlaşi şart

Özbekistonda aholi va tadbirkorlarning naqd pul oliş huquqini kafolatlovçi yangi tartib joriy etiladi. Unga köra, banklar fu…
16:18 / 19.11.2026
Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Özbekiston quriliş materiallari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqçi

Prezident Şavkat Mirziyoyev quriliş materiallari sanoatidagi natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalib, yaqin yill…
15:08 / 20.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!