$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Kommunal to‘lovlar uchun xodimning maoshidan ushlab qolish mumkinmi?

10:13 / 17.12.2021

Aksariyat holatlarda xodimning oyligidan ularning roziligi bilan, ayrim holatlarda ularning roziligisiz kommunal to‘lovlar uchun pul ushlab qolinishiga guvohi bo‘lamiz. Bu borada qonunchilik nima deydi?

Mehnat kodeksining 164-moddasiga ko‘ra, umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin.

Xodimning roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin:

– belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
– sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
– oldindan berilgan maqsadli pullar (masalan, xizmat safarlari uchun berilgan va ishlatilmay qolingan avans) bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;
– mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun;
– xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun;
– intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.

Ko‘pchilik kommunal to‘lovlar boshqa majburiy to‘lovlar sirasiga kiradi shuning uchun xodimning roziligidan qat’i nazar ish haqidan ushlab qolinishi mumkin deb xato o‘ylaydilar. Aslida O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 23-moddasida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari keltirib o‘tilgan. Ushbu moddaga ko‘ra kommunal to‘lovlar na soliq, na boshqa majburiy to‘lovlar sirasiga kiradi.

Unda xodimning yozma roziligini olgan holda kommunal to‘lovlar uchun ish haqidan ushlab qolish mumkinmi degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2001-yil 4-maydagi 189-V, 41-son “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1031, 2001-yil 15-may) bilan tasdiqlangan “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o‘z xodimlaridan kommunal xizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko‘rinishida qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga barcha mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan kommunal xizmatlar uchun o‘z xodimlaridan ularning yozma roziligini olgan holda ish haqidan ushlanmalar ko‘rinishida to‘lovni qabul qilish qoidalarini belgilab berar edi.

Biroq, bu hujjat o‘ta darajada suiiste’mol qilingani uchun O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 7-oktyabrdagi 453-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1031-2, 07.10.2019 y.) asosan davlat reyestridan chiqarildi.

Demak, xodimning yozma roziligi olingan holda ham kommunal to‘lovlar uchun ish haqidan ushlab qolish mumkin emas.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, xodimning roziligi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar uning oyligidan kommunal xizmatlar uchun olib qolish mutlaqo mumkin emas. Agar bunday holat yuz bersa mansabdor shaxs O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 49-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravari (2 million 270 ming so‘m) gacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Savollarga huquqshunos Muhammadamin Karimjonov javob berdi


Bu ham qiziq

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!