$
12023.61 UZS
9.24
₽
145.54 UZS
-0.65
€
13236.79 UZS
-43.89
31° Kechasi 18°

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar o‘rnatiladi

12:43 / 19.04.2022

“Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda taʼlim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar Ichki ishlar vazirligiga biriktirilib, “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari (“Nurli maskan” maktablari) deb nomlandi.

Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda boshqa tibbiy muassasalarning malakali shifokorlari jalb etilgan holda, “Nurli maskan” maktablari o‘quvchilarini davolash-sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, barcha “Nurli maskan” maktablari hududiga videokuzatuv moslamalari o‘rnatilib, ular tegishli hududiy ichki ishlar organlariga integratsiya qilinadi.

2022/2023-o‘quv yilidan:

– “Nurli maskan” maktablarining Brayl yozuvidagi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar, badiiy hamda bolalar uchun mo‘ljallangan adabiyotlar, turli ixtisoslik va yo‘nalishlardagi bosma va audiokitoblarga ehtiyoji har 6 oyda o‘rganiladi va shu asosda adabiyotlar ro‘yxati shakllantirib boriladi;

– ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun belgilangan viloyat va respublika fan olimpiadalari bitiruvchi sinflar o‘quvchilari uchun alohida tashkil etiladi;

– “Nurli maskan” maktablari o‘quvchilari uchun axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi;

– OTMning tegishli ixtisoslik va yo‘nalishlari bo‘yicha Brayl alifbosi asosidagi adabiyotlarni chop etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

– ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualar chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonalari bilan deklaratsiya qilingan narxlar asosida belgilangan tartibda shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi.

2022-yil sentyabrdan “Nurli maskan” maktablarida o‘g‘il va qiz bolalar uchun alohida zamonaviy jihozlangan ijtimoiy va maishiy yo‘nalishdagi majmua (o‘quv ustaxona)lar tashkil etiladi.

Shuningdek, inklyuziv taʼlim tizimi joriy qilingan taʼlim muassasalarida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning yaqin qarindoshlariga ular bilan birga darslarda qatnashish imkoniyati yaratiladi.

2022-yil yakunigacha “Nurli maskan” maktablari uchun o‘zbek nutq sintezatori va boshqa semantik-eshitish vositalari bilan hamohang ravishda milliy dizayndagi maxsus kompyuter dasturlari yaratiladi va o‘quv jarayoniga tatbiq qilinadi.

2022/2023-o‘quv yilidan ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar hamda tayanch harakat aʼzolari shikastlangan bolalarning ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda paralimpiya sport turlari (dzyudo, futbol, yengil atletika) bilan mukammal shug‘ullanishi uchun sport guruhlari tashkil qilinadi.

2022-yil 1-oktyabrdan “Nurli maskan” maktablari negizida ko‘zi ojiz bolalarni maktabga tayyorlovchi bir yillik muddatli tayyorlov guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2022-yil yakunigacha “Nurli maskan” maktablari hududida “Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish maxsus maydoncha”lari tashkil etilib, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar yashaydigan hududlarda ovozli svetoforlar va innovatsion yo‘l belgilarini o‘rnatish choralari ko‘riladi.


Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy tugadi: mahbuslar muddatidan oldin ozod qilinadi

Niderlandiyada qamoqxonalarda joy yetişmasligi sababli ayrim mahbuslarni muddatidan oldin ozod qiliş tartibi joriy etilmoqda…
10:05 / 17.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda radarlar faoliyati ustidan nazorat kuçaytirildi

Özbekistonda radarlar faoliyati ustidan nazorat kuçaytirildi

Özbekistonda örnatilgan foto va video qayd etiş qurilmalari hamda radarlar faoliyati tekşirilmoqda. Yöl harakati xavfsizligi…
09:57 / 16.11.2026
18 yoşli futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi

18 yoşli futbolçi boşiga töp tegişi oqibatida vafot etdi

Argentinalik 18 yoşli futbolçi Abel Nunes yoşlar örtasidagi futbol uçraşuvida boşiga töp tegişi oqibatida olgan miya jarohat…
10:10 / 17.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!