$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Kutilayotgan anomal sovuq tufayli xodimlarning onlayn tarzda ishlashlariga ruxsat berish taklif qilindi

15:59 / 06.01.2023

Joriy yilning 9-12-yanvar kunlari O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayib, -23 darajagacha tushishi mumkinligi e’lon qilindi. Anomal sovuq kirib kelishi e’lon qilingandan so‘ng, maktab va oliy ta’lim muassasalarida ta’til vaqtlari uzaytirildi.

“Yuksalish” umummilliy harakati mazkur ob-havo sharoitidan kelib chiqib, bir nechta taklif bilan chiqdi.

Xususan, agar xodimlarning ish joyida bo'lishiga ehtiyoj bo'lmasa, ular onlayn ishlashiga ruxsat berilishi kerak. Pandemiya bunday formatda ham berilgan vazifalarni samarali bajarish mumkinligini ko‘rsatdi. Qolaversa, bu yo'llarni tirband qilmasdan, qor va muzlardan tozalab olinishiga sharoit yaratadi.

“Shuningdek, barcha ish beruvchilar — ham davlat, ham xususiy sektor ish jarayonlarini tashkil etishni chuqurroq ko'rib chiqishlari kerak. Mehnat sharoitlari bilan tanishib chiqib, xodimlarni qulay harorat rejimi bilan ta'minlashi kerak.

Ish soatlarini, ayniqsa, ochiq havoda ishlaydiganlar uchun qisqartirish maqsadga muvofiq. Imkon qadar xodimlar uchun issiq ichimliklar tashkil qilish, sovuqqotish holatlarining oldini olish uchun tanaffus berish yoki o'rin almashtirish ham foydadan xoli bo'lmaydi”, – deyiladi xabarda.

Yirik savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish markazlarida issiq choy taklif qilinishiga ham to‘xtalindi.

Jamoat transportining uzluksiz harakatlanishini ta'minlash kerakligi ta’kidlandi. Chunki, noqulay ob-havoda yo‘llarda yengil avtomobillar soni keskin kamayadi.

“Yuksalish” umummilliy harakati barcha o‘zbekistonliklarning mazkur shartoitda bir-birlariga yordam berishga chaqirgan.

“Muhimi, be'etibor bo‘lmaylik, qishning sovuq kunlarida iliqlik ulashib, bir-birimizga yordam beraylik.

Mahallangizdagi yolg‘iz keksa qo‘shnilar, ko‘p bolali oilalar, farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalardan xabar oling. Ulardan isitish tizimi, elektr, gaz borligini so'rang? Balki kimgadir o'tin yoki ko'mir kerakdir? Issiq kiyimlari yo'qdir. O'zingizda borini ular bilan ham bo'lishing. Shaxsiy avtomobilda harakatlanganda ham bir manzilga boruvchi yo‘lovchilarni olib keting” – deydilgan xabar so‘nggida.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!