$
12374.55 UZS
-48.35
153.13 UZS
-1.17
14425.01 UZS
-32.76
36° Kechasi 21°

Londonda O‘zbekiston vakillari Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda

14:56 / 09.05.2023

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni damda Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda.

Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo‘lib, unda butun dunyodan ta’lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashmoqda.

Butunjahon ta’lim forumi ta’lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy yechim topish, yuzaga kelgan ta’lim va o‘quv masalalarida fikr almashish, ta’limdagi yangiliklar haqida taqdimotlar o‘tkazish, davlatlar tomonidan ta’limning turli xil yo‘nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo‘lishish uchun xalqaro maydon hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Butunjahon ta’lim forumi an’anaviy tarzda har yili o‘tkaziladi hamda ta’lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur forum doirasida maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Jumladan, Ozarbayjon Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Emin Amrullayev va Shri-Lanka Respublikasi ta’lim vaziri Susil Premajayanta bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Shri-Lanka Respublikasining oliy ta’lim muassasalari informatika hamda STEM ta’limi yo‘nalishida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga mahalliy o‘qituvchilarga “ustoz-shogird” modeli asosida assistent o‘qituvchi sifatida jalb qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Bundan tashqari Cambridge Partnership for Education tashkilotining tijoriy strategiya bo‘yicha direktori Kenan Barut bilan uchrashuvda bir qancha yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

Jumladan, Prezident maktablari tajribasi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ta’lim jarayoniga ilmiy asoslangan baholash tizimini joriy qilish, pedagoglarning malakasini oshirish va ularni baholash bo‘yicha Cambridge International PDQ (o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini baholash) mexanizmini tatbiq etish masalalari ko‘rildi.

Shu bilan birga, maktab bitiruvchilariga ikkita xorijiy til va kasbga o‘rganishda qo‘yilajak talablarga asosan umumiy o‘rta ta’lim uchun o‘quv dasturini qayta tanqidiy ko‘rib chiqish, 5-11-sinf uchun ishlab chiqilayotgan aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlaridagi darsliklarni ekspertiza qilishga ham e’tibor qaratildi.

Times Higher Education tashkiloti Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi rahbari Nik Devis bilan uchrashuvda esa istiqboldagi hamkorlik masalalari kelishib olindi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.


Bu ham qiziq

2025-yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi qariyb 37 trillion so‘mni tashkil etmoqda

2025-yilda bajarilgan qurilish ishlari hajmi qariyb 37 trillion so‘mni tashkil etmoqda

Poytaxt Toshkent shahri bu bo‘yicha 14 trillion so‘mlik marraga yetgan
19:25 / 03.09.2025
Endilikda yerosti suv inshootlariga suv hisoblagich o‘rnatish majburiy bo‘ladi

Endilikda yerosti suv inshootlariga suv hisoblagich o‘rnatish majburiy bo‘ladi

Hukumat qarori bilan “Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro‘yxatga olish va muhrlash…
10:33 / 03.09.2025
Talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ammo bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor

Talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi. Ammo bunda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar ham bor

Ayniqsa talabalardan ayrim jihatlarda qattiq hushyorlik so‘raladi
20:23 / 02.09.2025
O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Davlat rahbari Xitoy biznesining O‘zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi
19:04 / 02.09.2025
O‘zbekiston elchixonasi “Moskvada o‘zbekistonlik diplomatlar mahalliy fuqaroni urgani” haqidagi xabarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston elchixonasi “Moskvada o‘zbekistonlik diplomatlar mahalliy fuqaroni urgani” haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Sodir bo‘lgan voqea uchun Elchixonaga javobgarlikni yuklashga qaratilgan har qanday urinishlar asossiz va nomaqbul deb hisob…
12:44 / 03.09.2025
Andijon va Namanganda SAT imtihonlarining qo‘shimcha sinovlari tashkil etiladi

Andijon va Namanganda SAT imtihonlarining qo‘shimcha sinovlari tashkil etiladi

Bilim va malakalarni baholash agentligi bu borada yangilikni taqdim etdi
19:42 / 03.09.2025
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qo‘mitasi bu boradagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi
22:44 / 02.09.2025
AQShning Karib dengizida Venesuelaga tegishli qayiqqa zarba berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

AQShning Karib dengizida Venesuelaga tegishli qayiqqa zarba berishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

AQSh harbiylari xalqaro suvlarda o‘tkazgan operatsiya davomida Venesueladagi Tren de Aragua narkokartelining 11 nafar a’zosi…
09:49 / 03.09.2025
3-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

3-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:30 / 02.09.2025
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Vladimir Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
21:08 / 02.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!