$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Madridda UNWTO Bosh Assambleyasining 25-yubiley sessiyasini Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi

09:31 / 03.06.2023

Joriy yilning 29-may kuni 16–20-oktabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish masalalarini muhokama qilish maqsadida Oʻzbekiston tomonidan tashkiliy qoʻmita oʻrinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Madridga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Aziz Abduhakimov UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili va boʻlajak Bosh Assambleyaning asosiy tadbirlari va yordamchi tadbirlarini oʻtkazish uchun masʼul ishchi guruhlar aʼzolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tadbirlarning dastlabki dasturi, tashkiliy masalalar, yalpi va sessiya majlislari uchun taklif etilayotgan kun tartibi va reglamenti atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, tadbir doirasida Investitsiya forumi, Taʼlim boʻyicha vazirlar paneli sessiyasi, “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” turizm forumi, ekoturizm festivali, eng yaxshi “sayyohlik qishloqlari”ni taqdirlash marosimi va boshqa tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilganligi qayd etildi.

Qolaversa, UNWTO Bosh kotibi Z.Pololikashvilining 2022-yil noyabr oyida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Respublika hukumati tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarning amalga oshirilishi, jumladan, Samarqand shahrida UNWTO Xalqaro turizm akademiyasining ochilishi, UNWTO’ning Samarqand shahridagi “Ipak yoʻli” hududiy tematik ofisi, “Ipak yoʻli” xalqaro turizm mukofotini taʼsis etish va bir qator boshqa masalalar borasida ham fikr yuritildi.

Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Bosh Assambleyadan jahon hamjamiyatini maksimal darajada xabardor qilish maqsadida joriy yilning iyun va oktyabr oylarida jahon ommaviy axborot vositalari vakillari uchun bir qator press-turlar tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasini Samarqand shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi Bitim imzolandi, uni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan UNWTO Bosh Assambleyasini Samarqand shahrida oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita oʻrinbosari Aziz Abduhakimov va UNWTO Bosh kotibi Zurab Pololikashvili imzoladi.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!