Fransiyalik bokschi Mishel Soro 17-dekabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan boks oqshomida Isroil Madrimovga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng WBAga protest berdi.
Soro bilan hamkorlik qiladigan “Y12 Management” kompaniyasi rahbari Yoxan Zaui jang natijasi yuzasidan WBAga shikoyat xati yo‘llagan. Ushbu shikoyatda, jang natijasi bekor qilinishi va jang boshqatdan tashkil etilishi so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, poytaxtimizda o‘tkazilgan professional boks jangining to‘qqizinchi raundida Madrimov fransiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratgandi. Soro va uning jamoasi esa zarbalar bongdan so‘ng berilganini iddao qilib, jang natijasidan norozi bo‘lgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!