$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari belgilandi

23:14 / 27.12.2021

O‘zbekistonda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari belgilandi. 

Ma’lum qilinishicha, “Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining o‘rinbosari — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritilgan. Shuningdek, agentlikning asosiy vazifalari belgilangan.
Jumladan, respublikada tadbirkorlikni va mahallalarni iqtisodiy rivojlantirish borasida yagona davlat siyosatini yuritish agentlik vazifalaridan hisoblanadi. Shuningdek, mahallabay ishlashning vertikal tizimi asosida aholining daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish va o‘qitish hamda o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga yo‘naltirish shular sirasiga kiradi.

Bundan tashqari, vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish agentlik zimmasiga yuklatilgan.

Qarorga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tarkibiga o‘tkazilgan. Agentlik tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tashkil etilgan.


Bu ham qiziq

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!