$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Mahallalarda yangi lavozim joriy etiladi – Prezident qarori

10:39 / 20.01.2022

Prezidentning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada (keyingi o‘rinlarda – mahalla) yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi.

Quyidagilar mahalladagi yoshlar yetakchisining (keyingi o‘rinlarda — yetakchi) asosiy vazifalari etib belgilanadi:

- “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;

- mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish;

- yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish;

- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash;

- huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga ko‘maklashish.

Qarorga ko‘ra, yetakchilar o‘ziga biriktirilgan mahallalarda faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiradi:

- madaniyat va san’atni targ‘ib qilish borasida – “San’at g‘unchalari” ko‘rik-tanlovi, maqom, baxshichilik va estrada bo‘yicha “Yoshlar ovozi”, “Yosh musavvirlar” tanlovlari hamda “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyot festivalini o‘tkazadi, shuningdek, yoshlar va bolalar teatr jamoalarini tashkil etadi;

- sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish borasida – mini-futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, velosport, yugurish, shaxmat, shashka, badminton, kamondan otish bo‘yicha musobaqalarni tashkil etadi, salomatlik uchun 5000 qadam yurish marafoni hamda “Yosh ekolog” aksiyasini o‘tkazadi;

- axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish borasida – “Bir million dasturchi”, “Dasturlashga birinchi qadam” loyihalarini amalga oshiradi, kibersport chempionati va “Axborot texnologiyalari bilimdoni” tanlovini o‘tkazadi;

- ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida – “Zakovat” musobaqasi”, “Quvnoqlar va zukkolar», “Zukko kitobxon”, “Yosh kitobxon”, “Yosh kitobxon oila”, “Xorijiy tillar bilimdoni” va “Yosh polyglot” tanlovlari hamda “Munozara” intellektual va milliy xalq o‘yinlarini tashkil etadi;

- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish borasida – “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Quvnoq startlar”, “Temurbeklar”, “To‘maris malikalari”, “Shunqorlar”, “Yosh huquqshunos”, “Yosh saylovchi”, “Yosh deputat” tanlovlari hamda “Men ham askar bo‘laman” aksiyalari va harbiy qismlarga sayohatlarni tashkil etadi;

- tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida – “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “Biznesga birinchi qadam” grant loyihasi hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlarni tashkil etadi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Özbekiston Birinçi xonimi COP31 doirasida mamlakatimiz milliy pavilyoniga taşrif buyurdi

Pavilyon me’moriy konsepsiyasiga “Uzumzor – ötmiş merosi, bugungi yeçim, kelajak uçun ilhom” ğoyasi asos qilib olingan.
08:51 / 12.11.2026
Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Ziroat Mirziyoyeva “Nol çiqindi” Global alyansini taşkil etişga bağişlangan yuqori darajadagi uçraşuvda iştirok etdi

Mazkur alyans davlat va hukumat rahbarlari rafiqalarinining tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda çiqindilarni kamayt…
09:01 / 12.11.2026
Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning tört hududida narkotik moddalar tarqatgan şaxslar qölga olindi

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami …
09:17 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!