“Paxtakor”ning yangi bosh murabbiyi matbuot anjumanida transferlar haqida gapirdi.
“Paxtakor”dek klub har bir futbolchisi bilan har yili shartnomani 1 yilga uzaytiraverishi yarashmaydi. Biz kamida 2 yoki 3 yillik kelishuvni rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻymoqdamiz.
Raqobat boʻlmasa, oʻsish boʻlmaydi. Iloji boricha har bir chiziqda raqobat boʻlishi kerak. Har bir pozitsiyada ikki nafardan futbolchi boʻlishi lozim.
Shunda rivojlanish boʻladi va futbolchilar ham borini berib oʻynashadi. Agar raqobat boʻlmasa, ruhiy jihatdan qiyinchilik yuzaga keladi. Yana xaridlar boʻladi, albatta. Bizda yuqori darajali futbolchilar boʻlishi kerak.
Hamma narsaning oʻz vaqti boʻladi. Yangi futbolchilarni ochiqlay olmayman, toʻgʻri tushuning. Lekin tez orada bilib olasiz”, — deydi Maksim Shatskix.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!