$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Maktab darsliklari ijarasi 108 foizga qimmatlashdi

14:58 / 03.09.2022

Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to‘lovi miqdorlarini belgiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilda Prezident Farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3, 6, 7 va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2 va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021-yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

“Yangi darsliklar chop etilish xarajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022-yilning o‘zida qog‘oz narxi 60-70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatimizga yetkazib berish bo‘yicha transport xarajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun xarajatlarning ham oshib ketishiga olib keldi”, – deyiladi xabarda.

Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdorga nisbatan 2967 so‘mga (108 foizga) oshgan.

Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach 1 oktyabrga qadar amalga oshirishlari mumkin.

Qayd etish mumkin, bir qator fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etiladi:

– birinchi sinf o‘quvchilari;
–“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
–“Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
–Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.

Shuningdek, ushbu xabarga O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ham munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitusiyaga zid.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega.

Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi” deb belgilangan.

Ushbu Konstitusion norma talablaridan kelib chiqilsa, davlat umumta’lim maktablarida ta’lim berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar bepul hisoblanadi. Bunda darsliklar bilan o‘quvchilarni ta’minlash ham.

Shu bois, maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berish ham Konstitusiyaga zid, deb hisoblaymiz.

Bu bizning nuqtai nazarimiz va uni to‘g‘ri, deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani Konstitusiyaviy sudimiz bildirganida yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lardi”, – deya yozga Kusherbayev o‘zining Telegram kanalida.


Bu ham qiziq

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!