$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama toʻlanadi

09:04 / 23.05.2023

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Unda tizimni tarkibiy maqbullashtirish, zamonaviy dasturlarni joriy qilish, xodimlarni ragʻbatlantirish choralari borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, boshlangʻich sinflarda xorijiy tajriba asosida yangi oʻquv dasturi joriy qilinadi. Yuqori sinflarda oʻqitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi taʼminlanadi.

Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tatbiq etiladi. Yangi oʻquv yilidan informatika fani 1-sinfdan oʻrgatiladi.

Hozirda mavzularning 70 foizi kundalik hayot bilan bogʻlanmagan. Endi fanlarning amaliy mashgʻulotlar ulushi 40 foizdan 60 foizgacha oshiriladi.

Bunda mavzular aniq muammoni hal qilish orqali oʻrgatiladi, amaliyot darslari esa loyihani bajarish shaklida oʻtkaziladi.

Maktablarni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Yaʼni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida oʻqituvchi-stajor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak boʻladi.

Oʻqituvchilarga malaka toifasini berish boʻyicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani boʻyicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama toʻlanishi mumkin.

Shuningdek, bogʻchalarga malakali tarbiyachilarni jalb qilish uchun 2024-yil 1-iyundan ularning ish haqi stavkalari maktab oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

Umumtaʼlim maktablariga byudjetdan tashqari mablagʻlardan erkin foydalanish huquqi berilgani ularning moddiy ahvolini yaxshilash hamda oʻqituvchilarga qoʻshimcha haq toʻlash imkonini bermoqda. Endi bu tartibni bogʻcha va ixtisoslashgan maktablar uchun ham tatbiq etish moʻljallanmoqda.

Malakali rahbarlar muhitini shakllantirish maqsadida hududlarda eng tajribali direktorlardan iborat “Direktorlar kengashi” tashkil etiladi. Endi maktab direktorlari lavozimga mazkur kengash tavsiyasi bilan ochiq tanlov asosida tayinlanadi.

Shuningdek, vazirlikning tuman (shahar) boʻlimlarining maktablar faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi. Xususiy maktablarni tashkil qilishda qoʻyilgan talablar yengillashtiriladi.

Yigʻilishda bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, xususiy sektorni jalb qilgan holda zamonaviy toʻgaraklar ochish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Davlat rahbari bu takliflarni maʼqullab, tizim faoliyatini transformatsiya qilish, oʻqituvchilarning malakasi va ragʻbatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!