$
12620.01 UZS
-42
135.74 UZS
-1.91
13522.34 UZS
-71.59
22° Kechasi 12°

Malayziyada Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi chop etiladi

11:56 / 08.07.2023

“Nasyrul Quran” ma’rifiy majmuasi 2017-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Qur’oni Karimni nashr etish bo‘yicha Madinadagi Qirol Fahd nomidagi majmuadan keyingi dunyodagi ikkinchi eng yirik bosmaxona hisoblanadi. Majmuada Qur’on xattotligi galereyasi, bosmaxona faoliyatini kuzatish nuqtasi va anjuman xonalari faoliyat ko‘rsatadi. Muassasa nashriyot ishidan tashqari, islom xattotlik san’ati va me’morchiligini o‘rganish hamda targ‘ib qilish, Qur’on qo‘lyozmalarining yangi dizaynini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Tashrif davomida majmua direktori Abdullatif Mirasa bilan uchrashuv o‘tkazildi. Malayziya tomoniga respublikada turli jabhalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohada va ziyorat turizmini rivojlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Abdullatif Mirasa O‘zbekistonning qadimiy tarixi va betakror madaniy merosi va buyuk allomalarining islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan g‘oyat katta ilmiy, madaniy va ma’naviy hissasini alohida ta’kidladi. Shu o‘rinda, islom sivilizatsiyasi boy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish bo‘yicha respublikada amalga oshirilayotgan siyosatni yuqori baholadi.

Suhbatdosh xattotlik O‘zbekistonda fan darajasiga ko‘tarilgan bebaho san’atligini inobatga olgan holda, ushbu yo‘nalishda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv davomida Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi tomonidan taqdim etilgan Qur’oni Karimning o‘zbek tilidagi tarjimasi va 6 jildlik “Tafsiri irfon” (Qur’oni Karim ma’nolarining o‘zbekcha tarjimasi va tafsiri) Malayziya tomoniga beg‘araz taqdim qilindi.

Muloqot yakunida Malayziya tomoni va Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi hamkorligida Qur’onning o‘zbek tilidagi tarjimasini Malayziyada nashr qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, xattotlik san’ati bo‘yicha ilg‘or tajriba almashish maqsadida Malayziya vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilish, tashkilot rahbari boshchiligidagi delegatsiyaning navbatdagi “Xalqaro Ziyorat turizmi haftaligi”da ishtirok etish rejalari belgilandi.

Bundan tashqari, hamkorlikda islom xattotligi bo‘yicha ko‘rgazma tashkil etish, qo‘shma seminar va treninglar, O‘zbekistonning ziyorat turizmini targ‘ib qilish bo‘yicha boshqa ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.


Bu ham qiziq

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

29-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 29-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
18:00 / 28.04.2024
Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu bo‘yicha ta’lim muassasasining o‘zi iltimos bilan chiqqan.
14:42 / 29.04.2024
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi

Bu bo‘yicha Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.
16:32 / 30.04.2024
Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Prezident III Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

Investitsiya forumida 40 dan ortiq tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
15:52 / 29.04.2024
Yurak uchun 8 qoida

Yurak uchun 8 qoida

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!
11:24 / 29.04.2024
Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev “Qatar Airways” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv…
09:05 / 29.04.2024
Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Maskning boyligi besh kun ichida 37,3 milliard dollarga oshdi

Amerikalik milliarderning Xitoyga tashrifi Tesla aksiyalarining o‘sishiga sabab bo‘lgan.
11:17 / 30.04.2024
Qaysi hududda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

Qaysi hududda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni ko‘proq?

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, ularning soni 298 338 ta.
14:55 / 29.04.2024
Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidga hujum qildi. Qurbonlar bor

“Tolibon” ichki ishlar vazirligi matbuot kotibining xabar berishicha, bir guruh qurolli shaxs masjiddagi namozxonlarga hujum…
11:23 / 30.04.2024
“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

“Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi” – Shavkat Mirziyoyev

Prezident futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrik yo‘lladi.
09:27 / 30.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!