$
12191.30 UZS
-29.68
158.51 UZS
0.13
14464.98 UZS
-30.32
31° Kechasi 18°

Doha – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

09:05 / 29.04.2024

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev “Qatar Airways” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Badr Muhammad Al-Miyr bilan uchrashuv o‘tkazdi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Muloqot chog‘ida davlatlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, kargo tashuvlarini amalga oshirish, zamonaviy aviaxizmatlar sohasida tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Badr Muhammad Al-Miyr O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidlab, ushbu munosabatlarni shakllantirishda davlatlarni bog‘lab turadigan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish juda muhim ekanligiga e’tibor qaratdi.

“Rejalarimiz va umidlarimiz ulkan. Dastlab haftasiga 4 marta, keyinchalik esa kunlik ravishda havo qatnovlarini amalga oshirishni rejalashtirganmiz”, – deya ta’kidlagan u.

Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar orqali o‘zaro turistlar oqimi va ikki tomonlama savdo hajmlari ham oshib borishi urg‘ulandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar shu yilning 2-iyun kuni Doha-Toshkent-Doha aviaqatnovining tantanali ochilish marosimini o‘tkazishga kelishib oldilar.


Bu ham qiziq

Toshkent shahri va viloyatida 2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan reagentlar savdosining oldi olindi

Toshkent shahri va viloyatida 2 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan reagentlar savdosining oldi olindi

Toshkent shahri va viloyatida joylashgan ikkita omborxonada qiymati 2 milliard so‘mga yaqin yaroqlilik muddati o‘tgan va kon…
15:29 / 17.02.2026
Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri ishdan olindi

Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri ishdan olindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘rniga mayor Dovletgeldi Meredov Turkmaniston milliy xavfsizlik vaziri etib tayinlangan. U bunga…
08:32 / 16.02.2026
Toshkentda kuryer yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda kuryer yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida vafot etdi

YTH natijasida velosiped haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
14:29 / 16.02.2026
O‘zbekistondagi texnikumlarda yangi o‘quv yilidan boshlab stipendiya to‘lanadi

O‘zbekistondagi texnikumlarda yangi o‘quv yilidan boshlab stipendiya to‘lanadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda stipendiya to‘lash amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda hududlarda 24 ta malakani …
11:09 / 17.02.2026
2026-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi

2026-yil uchun zakot, fitr va fidya miqdori belgilandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2026/hijriy 1447-yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaq…
13:59 / 17.02.2026
Ronaldu qaytishini gol bilan nishonladi

Ronaldu qaytishini gol bilan nishonladi

Krishtianu Ronaldu boykotini to‘xtatib, “An-Nasr” safida fevral oyi boshidan buyon ilk bor maydonga tushdi.
16:50 / 15.02.2026
Surxondaryoda inspektorga pora taklif qilgan hindistonlik qo‘lga olindi

Surxondaryoda inspektorga pora taklif qilgan hindistonlik qo‘lga olindi

YPX xodimi texnik nosoz bo‘lgan mashinani boshqarib yurgan chet el fuqarosini to‘xtatib, uning hujjatlarini tekshirmoqchi bo…
16:35 / 16.02.2026
AQSh Maduro va rafiqasini qo‘lga olish uchun 3 mlrd dollar sarflagan

AQSh Maduro va rafiqasini qo‘lga olish uchun 3 mlrd dollar sarflagan

Biroq mintaqada AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining 6 oylik harbiy ishtiroki uchun umumiy xarajatlar 2,9 mlrd dollardan osh
09:49 / 16.02.2026
Raqobat qo‘mitasi ovqatlanish korxonalarini Ramazonda “aksiya setlar”ni majburlab sotmaslikka chaqirdi

Raqobat qo‘mitasi ovqatlanish korxonalarini Ramazonda “aksiya setlar”ni majburlab sotmaslikka chaqirdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarini Ramazon oyid…
15:51 / 17.02.2026
Rossiya Ozarbayjon elchixonasiga uch bor qasddan hujum qildi — Aliyev

Rossiya Ozarbayjon elchixonasiga uch bor qasddan hujum qildi — Aliyev

Bundan tashqari, Ilhom Aliyev Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga uchta hujum bo‘lganini ta’kidladi.
15:48 / 15.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!